Professional bokschi tantanali kutib olindi
G‘alabali jangdan so‘ng Xorazmga qaytgan Boburbek Bobojonov Urganch temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 10-oktabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida xorazmlik sportchi, “Manguberdi avlodlari” klubi a’zosi Boburbek Bobojonov o‘rta vazn toifasida rossiyalik Aleksandr Xoxlovga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozondi.

Kutib olish marosimida sportchining yaqinlari, Xorazm viloyat sport boshqarmasi murabbiylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA