Plastik kartalardan noqonuniy yeçilgan pullar egalariga qaytarildi
Bugungi kunda fuqarolar kartasidan noqonuniy tarzda pul yeçib oliş holatlari köp uçramoqda.
Bank va suğurta xizmatlaridan foydalanişda isteʼmolçilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş maqsadida Raqobat qömitasi nazorat hamda eʼtiborni kuçaytirdi. Qömitaning hududiy boşqarmalari tomonidan kredit ajratişda majburiy suğurta, muddatli tölov, suğurta tovoni, pul ötkazmalari va bank şartnomalari böyiça kelib tuşgan murojaatlar örganilib, tegişli çoralar körildi.
Misol uçun, Raqobat qömitasiga fuqaro U. Yo tomonidan “CROSS PAY” AJ faoliyati yuzasidan murojaat kelib tuşgan. Murojaatda fuqaro bank kartasidan 25 million 200 ming söm mablağ noqonuniy yeçib olinganidan norozilik bildirib, uşbu mablağni qaytarişda amaliy yordam söragan.
Qömita tomonidan murojaatda qayd etilgan holat örganib çiqilib, natijada isteʼmolçining 25 million 200 ming söm mablaği naqd pul şaklida qaytarilişi taʼminlandi. Şuningdek, yana bir holatda fuqaro M. Tning “CROSS PAY” AJ tomonidan bank kartasidan yeçib olingan 5 million 620 ming söm mablaği ham Qömita aralaşuvi bilan plastik kartasiga qaytarildi. Raqobat qömitasi aralaşuvi bilan ikki nafar isteʼmolçining jami 30 million 820 ming söm mablaği qaytarildi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Qaşqadaryo, Toşkent viloyatlarida ham şu kabi holatlar sodir bölgan va hududiy bölimlarga şikoyat arizalari yöllangan. Qömita murojaatlarni körib çiqqaç, daʼvo arizalari murojaatçilar foydasiga hal bölgan.
Misol uçun, Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi fuqaroga Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan pul ötkazmasi "Unversalbank" ATB Qarşi filiali tomonidan ikki oy davomida berilmagan. Hududiy boşqarma aralaşuvi bilan fuqaroning 37 million sömdan ortiq mablaği töliq qaytarilişi taʼminlandi.
Raqobat qömitasi bank va suğurta xizmatlari sohasida isteʼmolçilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş böyiça işlarni izçil davom ettiradi.
N.Rahmonova,
ÖzA