Paxtaçilikdagi islohotlar samarasi: hosildorlik bir yilda 12 sentnerga köpaydi
Samarqand viloyatidagi paxtaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari tomonidan joriy yilda 60 ming gektar maydonda paxta yetiştirilib, şu kungaça 331 ming 287 tonna (rejaga nisbatan 106 foiz) hosil yiğiştirib olindi. Hosildorlik örtaça 55 sentnerni taşkil qilmoqda va bu ötgan yilga nisbatan 12 sentnerga, 2024-yilga nisbatan 25 sentnerga köpdir.
Bu yil Yangi Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etilib, rekord natijaga erişişda samarqandlik dehqon va fermerlarning ham munosib hissasi bor.
– Keyingi yillarda paxtaçilik tarmoğida olib borilayotgan islohotlar, mahsulot yetiştirişda ilm-fan va innovatsiyalarning keng qöllanilişi, fermer va klasterlarning har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganligi öz natijasini bermoqda, – deydi Samarqand viloyati qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Bekzod Tugalov. – Davlatimiz rahbarining sohaga qaratayotgan eʼtibori va qabul qilgan qarorlari natijasida tizimdagi iş uslubi özgardi, boşqa qişloq xöjalik ekinlari qatori paxtaçilikda ilm va innovatsiya keng joriy etilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2025-yil 9-dekabrdagi “Paxta va ğallaçilikda hosildorlikni oşiriş uçun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qöllaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ham muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur qaror bilan paxta va ğalla yetiştirişda ilğor xorijiy tajribalar asosida zamonaviy intensiv agrotexnologiyalardan foydalaniş, hosildorlikni oşirişda ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan yangi yondaşuvlarni qöllaş orqali zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etiş natijasida paxtaçilikda hosildorlikni 50 sentnerdan oşiriş, ğallaçilikda 100 sentnerga yetkaziş belgilab berilgandi. Uşbu maqsad asosida bu yil viloyatimizda 90 va 60 sm sxemalardan voz keçilib, 60 ming gektar maydonda töliq 76 sm. qöşqator va yakkaqator sxemada çigit ekildi. Şinjon texnologiyasi asosida 76x10 sm qöşqator sxemada, plyonka ostiga, tomçilatib suğoriş tizimini joriy qilgan holda çigit ekilganligi hosildorlikning yanada oşişiga zamin yaratdi. Bu usulning afzalligi kam xarajat, yoqilği va resurstejamkorligida. Eng muhimi, gektariga 20-22 kilo uruğ sarflanişi va qöşqator ekilganligi hisobiga 220-240 ming tup köçat olinadi. Bu esa hosildorlikni 15-20 foizga oşirdi.

Bu yil viloyatda zamonaviy ilğor agrotexnologiya asosida paxta yetiştirişni kengaytiriş maqsadida 19,8 ming gektar maydonda çigit intensiv usulda plyonka ostiga, tomçilatib suğoriş tizimini joriy qilgan holda ekildi. 32,5 ming gektarga kösak qurti va gerbitsidga çidamli xorijiy navlar hamda 27,5 ming gektarga tezpişar, tola sifati yuqori bölgan mahalliy navlar qadalgandi. Ğöza maydonlarida agrotexnik tadbirlar ham ilmiy asosda tizimli taşkil etildi. Tarkibida temir, bor, kalsiy, marganets, kremniy kabi mikroelementli preparatlar va aspirin, açitqini qöllaş amaliyoti yölga qöyildi. Buning natijasida jazirama issiqda ösimlikning suvsizlikka va zararkunandalarga çidamliligi oşdi, paxta hosili saqlab qolindi hamda qöşimça 15-20 foizgaça hosil yaratildi.
Qişloq xöjaligi vazirligi hamda soha olimlari tomonidan paxtaçilikda fermer va klasterlar tomonidan bajarilişi muhim bölgan 8 ta qoida ilmiy tavsiyalar asosida işlab çiqildi va amalga oşirildi. Bu ham hosildorlikni oşiriş, dala madaniyatini şakllantiriş, ekologik toza dala taşkil etiş, paxta yetiştiruvçilar daromadini va manfaatdorligini oşirişga xizmat qildi.
B.Tugalovning qayd etişiça, joriy yilda ğözaning tölaqonli pişib yetilişini tezlaştiriş va hosildorlikni oşirişda yangiça yondaşuv va ilmiy asosda uç bosqiçda defoliatsiya va desikatsiya tadbirlari taşkil qilinişi kösaklarning töliq oçilişini jadallaştirdi hamda yetiştirilgan hosilni qisqa vaqt içida yiğib oliş imkonini berdi. Paxta yiğim-terimi mavsumi bir oygaça qisqaradi, hosil yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan sifatli yiğib olinişi evaziga yuqori navlarga sotildi hamda fermerlarning iqtisodiy daromadi köpaydi.
Ayni paytda viloyatda örtaça hosildorlik 55 sentnerni taşkil etayotgan bölsa-da, 15 fermer xöjaligi 100 sentner va undan yuqori, 35 fermer xöjaligi 90-99 sentner, 53 fermer 80-89 sentner, 96 fermer 70-79 sentner, 222 fermer 60-69 sentner, 800 dan ortiq fermer xöjaligi 50-60 sentner hosilni olişga erişdi.
Yetiştirilgan hosilning qariyb sakson foizi mexanizatsiya yordamida terib olindi. Mavsum davomida 170 dan ortiq paxta teriş maşinalaridan samarali foydalanildi.

– 2016-yil bilan taqqoslaydigan bölsak, öşanda viloyatimizda 90 ming gektardan ortiq maydonda paxta ekilgan va hosildorlik örtaça 24-25 sentnerni taşkil qilgan, – deydi B.Tugalov. – Hozirda kelib paxta maydoni 30 ming gektarga, qariyb 35 foizga qisqardi. Lekin hosildorlik 2 barobar oşişiga erişildi. Bu, albatta, Prezidentimizning mamlakatimizda paxta yetiştiriş va uni yiğiştirib oliş, hosilni qayta işlab, uni tayyor mahsulot sifatida xorijga eksport qiliş tizimini tubdan özgartirişga qaratilgan islohotlari, şu sohada mehnat qilayotganlarning moddiy manfaatdorligi oşirilgani natijasidir.
Viloyatning Oqdaryo tumanida joriy yilda 225 fermer xöjaligi tomonidan 4450 gektar maydonda ğöza parvarişlandi. Jumladan, 1469 gektar yerda “Şinjon” usulida paxta yetiştirildi. Yerga çigit ekişdan boşlab ğöza parvarişi, agrotexnika tadbirlarini amalga oşiriş jarayonlarida ham ilmga asoslangan holda iş tutilişi, zamonaviy innovatsiyalar qöllanilişi natijasida hosildorlik gektariga örtaça 52 sentnerni taşkil etdi. Ikki fermer xöjaligida 100 sentnerdan oşirib hosil olişga erişildi.
– 112 gektar yer maydonimizning 33 gektarida bu yil Şinjon usulida, plyonka ostida çigit ekkandik, – deydi Oqdaryo tumanidagi “Oqdaryo Bötanoş taraqqiyoti” fermer xöjaligi rahbari Şuhrat Anorov. – Bu usul kam xarajatliligi, işçi kuçini kam talab qilişi bilan juda qulay ekan. Nihol soni köp va tomçilatib suğoriş evaziga hosildorlik yuqori bölarkan. Har bir agrotexnika tadbiri olim va mutaxassislarning tavsiyalari, ilmga asoslanib olib borilişi tufayli şu paytgaça gektaridan 35 sentnergaça hosil olgan maydonlarimizda bu yil hosildorlik qariyb 80 sentnerni taşkil etdi. Ilgari paxtani yetiştiriş bir azob bölsa, hosilni yiğiştirib oliş undan ham qiyin edi. Mahallada eşikma-eşik yurib odamlarni terimga çiqarişga harakat qilardik yoki talabalar, öqituvçilarni jalb qilardik. Mana, yoğin-soçinga qolmay, texnika yordamida ham paxtani terib olsa bölarkan. Bularning barçasi Prezidentimizning fermerlarga yaratib bergan imkoniyatlari, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklar, subsidiyalar samarasi deb bilaman.
Çindan ham, mamlakatimiz paxtakorlari bu yil rekord natija qayd etib, 5 million tonnadan ortiq paxta xom aşyosi yetiştirgani Yangi Özbekistonda qişloq xöjaligida olib borilayotgan tub islohotlar, fermer va dehqonlarning har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganligi samarasidir. Prezidentimiz tabrigida qayd etilganidek, bu yil fermerlarimiz paxtadan 13-14 trillion söm sof foyda olişi kutilmoqda. Şu asosda ular yil böyi qilgan maşaqqatli mehnati evaziga munosib daromad topişi, odamlarimizning hayoti yanada obod va farovon bölişi tabiiydir.
Ğolib Hasanov, ÖzA muxbiri