Paxtaçilikda yangi tajriba: kapsulalangan çigit kuzda tuproqqa qadaldi
Paxtaçilikda yangi tajriba: olimlar çigitni maxsus kapsulalar bilan kuzda ekiş texnologiyasini sinovdan ötkazmoqda. Bu usul hosilni ertaroq yetiştirib, samaradorlikni oşirişi mumkin.
Paxtaçilikda hosil taqdirini belgilaydigan muhim omillardan biri — ekiş muddati. Çigitning unib çiqişi uçun qulay şaroit yaratiş, vegetatsiya davrini qisqartiriş va hosilning ertaroq pişib yetilişini taʼminlaş bugungi kunda ilmiy izlanişlarning ustuvor yönalişlaridan biri.

Qişloq xöjaligi vazirligi tizimidagi Paxta seleksiyasi, uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida ğöza çigitini turli preparatlar yordamida kapsulalaş samaradorligini baholaş hamda kuzgi ekiş texnologiyasini işlab çiqişga qaratilgan dastlabki tajriba işlari amalga oşirildi.
Tadqiqot doirasida kapsulalangan çigitning qiş davomida tuproqda saqlanişi, namlikni uşlab turiş xususiyati hamda bahorgi şaroitda unib çiqiş jarayoni örganiladi. Bunda kapsula çigitni taşqi taʼsirlardan himoya qiliş, uning çirişining oldini oliş va zarur namlikni saqlaşga xizmat qilişi közda tutilgan.

—Texnologiyaning muhim jihati şundaki, bahorda tuproq harorati 14 daraja va undan yuqori qulay körsatkiçga yetganda kapsulaning erişi hamda çigitning unib çiqişi uçun şaroit yaratiladi, — deydi Özbekiston Fermerlar Kengaşi bölim boşliği Faxriddin Suyunov. — Bu esa ğöza rivojlanişini ertaroq boşlaş, vegetatsiya davridan samarali foydalaniş va paxta hosilining pişib yetilişini oldinroq taʼminlaş imkoniyatlarini örganişga xizmat qiladi. Ayni paytda tajriba işlari dastlabki bosqiçda. Turli preparatlar yordamida kapsulalangan çigitlar ustida muntazam kuzatuvlar olib borilib, texnologiyaning samaradorligi, çigitning saqlaniş darajasi va unib çiqiş körsatkiçlari baholanadi. Yana bir eʼtiborli jihati paxta 1-sentabrga qadar töliq pişib yetiladi.
Dastlabki sinovlar ijobiy natija bergan taqdirda, texnologiyani kengroq maydonlarda sinovdan ötkaziş va uning samaradorligini tasdiqlaş orqali paxtaçilik amaliyotiga joriy etiş imkoniyatlari körib çiqiladi.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA