Parkentda yangi davr: poytaxtga yaqinlaşgan tuman va yirik sayyohlik majmualari
Prezident Şavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Toşkent viloyatining Parkent tumaniga taşrif buyurdi. Safar davomida davlatimiz rahbari hududning transport infratuzilmasi va turizm salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqayotgan yirik loyihalar bilan tanişdi.
Taşrif poytaxt va toğli tuman örtasidagi masofani yaqin qilgan muhim yangilikdan boşlandi – Prezidentimiz Toşkent şahridan Parkent tumaniga yangi yölga qöyilgan zamonaviy elektropoyezdda keldi.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 27-yanvardagi “Özbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantiriş töğrisida”gi qaroriga muvofiq, poytaxt bilan Parkent tumanini boğlaş maqsadida yangi elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi qurildi. Joriy yilning sentabr oyidan Toşkent – Parkent yönalişida elektropoyezd qatnovi yölga qöyilgan.
Mazkur temir yöl poytaxt va Parkent örtasidagi transport aloqalarini mustahkamlaş bilan birga aholining harakatlaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, tumanning turistik jozibadorligini oşiriş, tadbirkorlik va xizmat körsatiş sohalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
Loyiha doirasida 535,4 milliard söm hisobidan 24 kilometrlik Baytqörğon – Parkent elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi qurildi. Bitta yangi bekat, uçta köprik, avtomobil yöl ötkazgiçi, 77 ta suv ötkaziş inşooti hamda 16 ta avtomobil va temir yöl kesişmasi barpo etildi.
Şuningdek, 24 kilometrlik kontakt tarmoği va elektr uzatiş liniyasi qurildi. Loyiha natijasida 40 ta yangi iş örni yaratildi.
Toşkent va Parkent örtasidagi umumiy masofasi 57,6 kilometr bölgan yönalişda oltita vagondan iborat zamonaviy “EP3D” elektropoyezdi qatnamoqda. Qiymati 124 milliard sömlik poyezd 586 nafar yölovçiga möljallangan bölib, soatiga 120 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi.
Elektropoyezd Toşkentdan Parkentgaça bölgan masofani 1 soat 13 daqiqada bosib ötadi. Yöl haqi 10 ming söm etib belgilangan bölib, uşbu yönalişdagi taksi xizmati örtaça narxidan 2,5 barobar arzon.
Yangi yönalişda kuniga 2 ming nafargaça, yiliga esa 300 ming nafar yölovçini taşiş imkoniyati mavjud.
Elektropoyezdda yölovçilar uçun zamonaviy şaroitlar yaratilgan. Vagonlar iqlim nazorati tizimi, qulay örindiqlar, USB quvvatlaş nuqtalari va bepul Wi-Fi bilan jihozlangan.
Nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus kötargiçlar va moslaştirilgan joylar, velosipedlarni taşiş moslamalari hamda elektron axborot tablolari örnatilgan. Xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida videokuzatuv va töqnaşuv paytida zarba kuçini kamaytiruvçi tizimlar nazarda tutilgan.
Safar çoğida Prezidentimiz Toşkent viloyatining iqtisodiy salohiyatidan yanada samarali foydalaniş masalalariga eʼtibor qaratdi. Xususan, yer resurslaridan unumli foydalaniş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, qişloq xöjaligi va mahsulotlarni qayta işlaş tarmoqlari salohiyatini kamida ikki barobar oşiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari Parkentning yangi vokzal stansiyasi bilan tanişar ekan, temir yöl infratuzilmasini yanada takomillaştiriş, vokzallarda xizmat körsatiş sifatini oşiriş, yölovçilar uçun qulay şaroitlarni kengaytiriş, qatnovlar samaradorligini taʼminlaş va temir yölga tutaş hududlarni obodonlaştiriş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.
– Xalqimizda “yöl azobi...” degan maqol bor. Parkentga poyezd qatnovini yölga qöyişdan maqsadimiz ham tumanni şaharga yaqinlaştiriş edi. Yöl azobi bölmasa, odamlar köp narsani uddalay oladi. Poyezd yölga qöyilguniga qadar Parkentga qatnaş qançalik oğir edi. Parkentning havosi ham, odamlarining maʼnaviyati, maʼrifati, mehnatkaşligi va muomalasi ham özgaça, – dedi davlatimiz rahbari.
Şundan söng Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanining Kumuşkon mahallasidagi “Silver Valley” oilaviy dam oliş majmuasi bilan tanişdi.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantiriş, xizmatlar eksportini kengaytiriş va yangi iş örinlari yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Toşkent viloyatining, ayniqsa, uning toğli hududlarining tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalaniş muhim ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 30-apreldagi “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantiriş va sohada loyiha boşqaruvi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida joylarda zamonaviy turizm majmualari barpo etilmoqda.
“Silver Valley” oilaviy dam oliş majmuasi ham şunday loyihalardan biri. U tabiat qöynida mazmunli hordiq çiqariş uçun qulay şaroitlar yaratiş, hududning turistik jozibadorligini oşirişga qaratilgan.
Umumiy qiymati 148,5 milliard söm bölgan majmua 29,5 gektar maydonda joylaşgan. Loyiha doirasida 200 ta iş örni yaratiş közda tutilgan.
Bu yerda jami 120 örinli 12 ta şale uslubidagi uy, zamonaviy qabul binosi, 300 örinli restoran, jami 200 öringa möljallangan 12 ta ötov-restoran, 100 örinli terrasa-kafe hamda 4 ta SPA majmuasi barpo qilingan.
Sayyohlarning mazmunli dam olişi uçun tafakkur yölagi, vorkaut zonalari, ziplayn va tyubing attraksionlari, yozgi kinoteatr hamda 10 ta attraksiondan iborat köngiloçar maydon taşkil etilgan.
Majmua töliq işga tuşgaç, kuniga 2,7 ming nafargaça mehmonni qabul qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Davlatimiz rahbari bu yerda yaratilgan şaroitlar va amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari bilan tanişar ekan, sayyohlarga mahalliy mahsulotlar asosida xizmat körsatiş, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va bunday maskanlarni boşqa toğli hududlarda ham köpaytiriş muhimligini taʼkidladi.
Prezidentimiz aholi bilan suhbatda turmuş darajasi yuksalişi bilan odamlarning mazmunli dam olişga bölgan ehtiyoji ham ortib borayotganiga eʼtibor qaratdi.
– Odamlarning daromadi köpayib, işlari yaxşilangan sari ular dam oliş uçun qulay joy izlaydi. Parkentda şunday şaroitlar yaratsak, bu yerga oilalar farzandlari bilan kelib hordiq çiqaradi. Bunday turistik maskanlarni yil sayin köpaytirib borsak, nafaqat Toşkentdan, balki respublikamizning barça hududlaridan odamlar keladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Qayd etilganidek, bunday loyihalar turizmni rivojlantiriş bilan birga, aholining dam olişi uçun munosib şaroitlar yaratiş, yangi iş örinlarini taşkil etiş va mahalliy tadbirkorlikni kengaytirişga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda amalga oşirilayotgan özgarişlarning asosiy maqsadi inson manfaatlarini taʼminlaş, odamlarning hayotdan roziligiga erişiş ekanini taʼkidladi.
– Bugun Parkentga kelişimdan maqsad – bu hududning imkoniyatlarini yanada kengaytiriş, parkentliklarni özgarişlarga işontiriş. Barça harakatlarimiz har bir inson öz hayotidan rozi bölişiga qaratilgan, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, erişilgan natijalar bilan çeklanib qolmasdan, yangi taşabbuslarni amalga oşiriş, odamlarda “qilsa bölar ekan” degan işonçni mustahkamlaş zarurligi qayd etildi.
Taşrif buyuruvçilarning hududda uzoqroq qolişini taʼminlaş, ular uçun qöşimça xizmat turlarini köpaytiriş va mavjud infratuzilmadan samarali foydalaniş böyiça tavsiyalar berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga taşrifi davomida Kumuşkon mahallasidagi “Oltin bel” sayyohlik majmuasida yaratilgan şaroitlar va uni yanada rivojlantiriş rejalari bilan tanişdi.
Sönggi yillarda Toşkent viloyatining toğli hududlarida turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, tabiiy imkoniyatlardan samarali foydalaniş va zamonaviy dam oliş maskanlarini barpo etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Parkent tumanidagi “Oltin bel” majmuasi ham uşbu yönalişdagi yirik loyihalardan biri bölib, 2025-yilda bunyod etilgan “Kumushkon Resort” loyihasining davomi hisoblanadi.
Umumiy maydoni 47 gektar bölgan majmuaga qariyb 700 milliard söm investitsiya yönaltirilgan. Bu yerda zamonaviy mehmonxonalar, şale uslubidagi dam oliş uylari, restoranlar, sport va köngiloçar inşootlar barpo etilgan.
Xususan, törtta beş qavatli mehmonxona hamda alohida basseynlarga ega 51 ta bir va ikki qavatli dam oliş uyi qurilgan. Mehmonxonalarda turli toifadagi xonalar, nogironligi bölgan şaxslar uçun qulayliklar, spa va boşqa xizmat körsatiş hududlari taşkil etilgan.
Majmuada 350 va 700 örinli restoranlar, uç qavatli fudkort, savdo şoxobçalari, oçiq va yopiq sport inşootlari, şuningdek, 2,2 ming kvadrat metr maydonni egallagan akvapark mavjud.
Taşrif buyuruvçilarning mazmunli hordiq çiqarişi uçun turli köngiloçar maskanlar ham taşkil etilgan. Jumladan, 14 turdagi attraksion, 650 metrlik ziplayn, gravitatsion karting trassalari, rodelban, 800 örinli amfiteatr, sunʼiy köl va hayvonot boği barpo etilgan. Şuningdek, 1 ming 100 ta avtomobil uçun töxtaş joyi taşkil qilingan.
Majmuaning muhim jihatlaridan biri – turizm sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş tizimi yölga qöyilganidir. Şu maqsadda taşkil etilgan öquv markazida mehmonxona va restoran xizmatlari böyiça amaliy maşğulotlar ötkazilmoqda. Hozirda Turizm qömitasi tomonidan Kumuşkon mahallasidagi işsiz yoşlar öqitilayotgan bölib, yil yakuniga qadar 300 nafar mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilgan.
Xizmat körsatiş sifatini xalqaro darajaga olib çiqiş maqsadida mehmonxonalarni boşqariş Turkiyaning “Elite World” kompaniyasiga işonib topşirilgan. Mehmonxona biznesida 46 yillik tajribaga ega uşbu kompaniyani jalb etiş orqali boşqaruvga zamonaviy standartlarni joriy qiliş, xizmatlar sifatini oşiriş va xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş közda tutilgan.
Hisob-kitoblarga köra, majmua töliq işga tuşgaç, 600 ta yangi iş örni yaratiladi. Kuniga 6 ming nafargaça taşrif buyuruvçiga xizmat körsatiş imkoniyati paydo bölib, yillik daromad 200 milliard sömga yetişi kutilmoqda.
Parkent tumanida turizm sohasining rivojlanişi mavjud imkoniyatlardan yanada keng foydalaniş uçun zamin yaratmoqda. Joriy yilning ötgan davrida tumanga 198,2 ming nafar xorijiy va 1,4 million nafar mahalliy sayyoh taşrif buyurgan. Turizm xizmatlari eksporti 81,1 million dollarga yetgan.
“Oltin bel” kabi yirik majmualarning taşkil etilişi Parkentning turistik jozibadorligini oşiriş, sayyohlarning hududda uzoqroq qolişini taʼminlaş, xizmatlar turini kengaytiriş va mahalliy aholi uçun yangi daromad manbalarini yaratişga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari majmuadagi şaroitlar bilan tanişib, turizm xizmatlari sifatini oşiriş, mavjud infratuzilmadan samarali foydalaniş va hududning turistik imkoniyatlarini yanada kengaytiriş masalalariga eʼtibor qaratdi.
Şu yerning özida Prezidentga yurtimiz korxonalarida işlab çiqarilayotgan zamonaviy quriliş materiallari körgazmasi ham namoyiş etildi.
Umuman olganda, davlatimiz rahbarining Parkent tumaniga taşrifi va bu yerda işga tuşirilgan yirik loyihalar hudud iqtisodiyotiga yangi nafas olib kirmoqda. Zamonaviy transport aloqasi va xalqaro standartlardagi sayyohlik majmualarining uyğunligi Parkentni nafaqat poytaxt aholisi, balki xorijiy mehmonlar uçun ham eng jozibador manzillardan biriga aylantirib, pirovardida minglab oilalarning farovonligi va hayotdan roziligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Ziyodulla JONIBEKOV,
Abdulaziz RUSTAMOV,
Marhabo HOJIAKBAROVA,
Abdulaziz MUSAYEV,
ÖzA maxsus muxbirlari