Özbekistonlik boksçi Qozoğiston terma jamoasiga ötdi
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev sportçiga mamlakat fuqaroligini beriş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Özbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda sovrinli örinlarni egallagan boksçi Sayat Ilyosov sport faoliyatini Qozoğiston nomidan davom ettirişga qaror qildi.
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev sportçiga mamlakat fuqaroligini beriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Ilyosovning murabbiyi Yerdos Janabergenov ma’lum qildi.
Murabbiyning ta’kidlaşiça, prezident farmoni imzolanganidan söng tegişli hujjatlar migrasiya xizmatiga topşirilgan. Hozirda pasportni rasmiylaştiriş jarayoni davom etmoqda. Boksçi yil oxiriga qadar Qozoğiston pasportini olişi kutilmoqda.
Sayat Ilyosov joriy yilning yanvar oyi oxirida Qozoğistonga köçib ötgan edi. U özining tarixiy vatani hisoblangan uşbu mamlakat terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda qatnaşişni maqsad qilgan.
Biroq fuqarolik bilan boğliq hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayoni çözilib ketgani sababli sportçi noyabr oyida ötkazilgan Qozoğiston çempionatida iştirok eta olmadi.
Ayni paytda Ilyosov Turkiston viloyatidagi "Almatau" sport bazasida Qozoğiston terma jamoasi bilan birgalikda maşğulot ötkazmoqda. Şuningdek, u Toşkentda bölib ötadigan Jahon kubogining final bosqiçiga tayyorgarlik körayotgan jamoa a’zolariga yordam bermoqda.
Ma’lumot uçun, Sayat Ilyosov Özbekiston şarafini himoya qilgan davrida 2022-yilgi yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatida bronza, 2023-yilgi qit’a birinçiligida kumuş medalni qölga kiritgan.
2025-yilda esa 22 yoşgaça bölgan boksçilar örtasida Osiyo çempioni bölgan va IBA tomonidan taşkil etilgan jahon çempionatida ham iştirok etgan.