Özbekiston va Rossiya media futbol terma jamoalari uçraşuvi ötkaziladi
Özbekiston – Rossiya media forumi doirasida ikki mamlakat media futbol ligalari vakillari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda media futbol rivoji, ligalar örtasidagi hamkorlik va bölajak döstlik uçraşuvi haqida söz yuritildi.
Özbekiston media futbol assotsiatsiyasi vakillari, mamlakat media futbol terma jamoasi boş murabbiyi Temur Kopadze, hujumçi Sanjar Tursunov, Rossiya media futbol terma jamoasi boş murabbiyi Pavel Mamayev hamda RF Media ligasi prezidenti, media futbol asosçisi Nikolay Osipov iştirok etdi.

Mamayev taʼkidlaşiça, professional futbol va media futbol turli vazifalarni bajarsa-da, har ikki yönaliş futbolni ommalaştiriş va rivojlantirişga xizmat qiladi. Media futbol muxlislar uçun bayram, yoşlarni sport bilan şuğullanişga undaydigan muhim maydondir.
U ikki mamlakat media futbol ligalari rivojini kuzatib borayotganini aytib, musobaqa iştirokçilariga omad tiladi. Özbekistonning futbol böyiça joriy yilgi Jahon çempionatidagi iştirokini eʼtirof etib, jamoamizga muxlislik qilganini taʼkidladi.
Özbekiston va Rossiya media futbol ligalari jamoalari örtasidagi uçraşuv bugun soat 16:00 da “Paxtakor” stadionida bölib ötadi.
Dilşod Hakimov,
Asliddin Alijonov (surat),
ÖzA