Özbekiston va Janubiy Koreya "aqlli" qişloq xöjaligi yölida hamkorlikni boşladi
Özbekiston qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, suv va boşqa resurslardan samarali foydalaniş hamda ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş borasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda.
Janubiy Koreyaning “DK EcoFarm Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanişdi.
Uçraşuvda Özbekiston şaroitida qovun yetiştirişda zamonaviy raqamli va aqlli qişloq xöjaligi texnologiyalaridan foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Xususan, suğoriş va öğitlaş jarayonlarini avtomatlaştiriş, ekinlarning rivojlaniş holatini zamonaviy texnologiyalar yordamida kuzatib boriş hamda ularni mahalliy şaroitga moslaştiriş böyiça fikr almaşildi.
Qişloq xöjaligi vazirligi maʼlumotiga köra, muloqot yakunida tomonlar “Aqlli qişloq xöjaligi: qöşma ilmiy-tadqiqotlar va texnologiyalarni ommalaştiriş” yönalişida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Mazkur kelişuv Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida agrar sohadagi ilmiy-texnologik aloqalarni rivojlantiriş, yangi işlanmalarni sinovdan ötkaziş hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etiş uçun mustahkam zamin yaratadi.
M.HOJIAKBAROVA,
ÖzA