29 yanvar kuni Bryussel EU Today matbuot-klubida Belarus, Turkiya va O‘zbekistonda atom elektr stansiyalari qurilishiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekistonda AES qurilishiga katta e’tibor qaratildi.

2020 yilning aprel oyida O‘zbekiston hukumati tomonidan xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiya bilan ta’minlash konsepsiyasi” qabul qilindi. Unda quyidagi raqamlar keltirilgan: 2030 yilga borib respublikamizda elektr energiya iste’moli 120,8 milliard kVt*soat (o‘sish 2018 yildagidan 1,9 marta ko‘p) ni tashkil etadi. Agarda yaqin yillarda quvvatlar keskin oshirilmasa, mamlakat jiddiy ravishda elektr energiya tanqisligiga uchrashi mumkin. Shu bois, konsepsiyada 2030 yilga borib mamlakat energiya quvvatlarini 12,9 GVt dan 29,3 GVt gacha, elektr energiya ishlab chiqarishni 63,6 milliard kVt*soatdan 120,8 milliard kVt*soatga oshirish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi atmosferaga is gazi chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha 2020 yildan boshlab chora-tadbirlar ko‘rish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oldi. Shu munosabat bilan Konsepsiyada “yashil” texnologiyalar: quyosh, shamol, gidro va atomdan foydalangan holda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Aytish joizki, O‘zbekiston quyosh va shamol generatsiyalarini “nol”dan boshlab qurishni rejalashtirgan, chunki bugungi kunda respublikamizda quyosh va shamol energiyasi asosida ishlaydigan bironta ham sanoat elektr stansiyasi mavjud emas. 2030 yilda umumiy energiya balansida quyosh energiyasining ulushi 17,3 foiz, shamol energiyasi – 10,4 foiz, gidroenergetika – 13,1 foiz, atom energetikasi – 8,3 foiz va issiqliq energetikasi – 50,9 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

– Atom elektr stansiyalarini XXR (Xitoy Xalq Respublikasi)da bo‘lgani kabi yashil energetika toifasiga kiritish lozim, chunki atom energertikasida “uglerod izi” yo‘q. Dunyo va O‘zbekistonning bo‘lajak energetiklari - bu qayta tiklanuvchi energiya va atom elektr stansiyalaridir, – deb hisoblaydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Qahramon Allayev.

2019 yilda «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bu mavzuda ijtimoiy tadqiqot o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning yarmidan ko‘pi (69,5 foiz) atom energetikasi haqida yetarlicha ma’lumotga ega. Ayni damda, so‘rov ishtirokchilari elektr energetikasiga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash va gaz singari tabiiy resurslarni tejash uchun tinch atomdan foydalanishning muhimligini qayd etgan.

Shunday qilib, so‘rov O‘zbekiston fuqarolarining ilk atom elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi qarorni qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rsatdi. 85,6 foiz so‘rov qatnashchilari AES faoliyatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Har ikkinchi so‘rov ishtirokchisi (55,7 foiz) AES qurilishi yoki elektr stansiyaning o‘zida ishlash istagini bildirgan. Bu istak, ayniqsa, yoshlar orasida ko‘proq seziladi (71,6 foiz).

AES qurilishi bo‘yicha sherik tanlash o‘z-o‘zidan yoki siyosiy qaror emas edi. Bu boradagi qaror respublikamizning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilindi. O‘zbekiston qator mamlakatlarning atom energetikasidagi imkoniyatlarini o‘rganib, ilk AES qurilishi uchun Rossiya kompaniyasini tanladi.

bugungi kunda “Rosatom” davlat korporatsiyasi atom stansiyalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Ularning barchasi zamonaviy xalqaro talablar va Xalqaro atom energiyasi agentligining tavsiyalariga javob beradi. «Rosatom» tomonidan taklif etilayotgan qurilmalar eng zamonaviy VVER-1200 reaktor texnologiyalarining 3+ avlodi bo‘lib, ular ishonchliligi bo‘yicha xalqaro talablar va xavfsizlik bo‘yicha eng yangi standartlarga mos keladi.

Ayniqsa, muhim narsa shuki, «Rosatom» nafaqat eng zamonaviy texnologiyalarni, balki vaqt sinovidan o‘tgan, Rossiyada tekshiruvlardan o‘tgan va sinalgan texnologiyalarni ham taklif etmoqda. 2017 va 2019 yillarda 1-chi va 2-chi «Novovoronej AES-2» energobloki, 2018 va 2020 yillarda 1-chi va 2-chi «Leningrad AES-2 energobloklari ishga tushirildi. 2020 yilda «Belarus AES»ning 1-bloki tajriba-sanoat ekspluatatsiyasi boshlandi. O‘zbekiston Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda o‘z ishonchliligini ko‘rsatgan texnologiyadan foydalanishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda atom energetikasi sohasida malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 2019 yilda O‘zbekiston Prezidentining O‘zbekiston Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolandi.

Kadrlarni tayyorlash nafaqat bo‘lajak AES ehtiyojlari uchun, balki AES qurilishi va ekspluatatsiyasiga aloqador bo‘lgan barcha vazirlik va idoralar, tashkilotlar (ekologlar, metrologlar, quruvchilar, olimlar, o‘qituvchilar, nazorat organlari mutaxassislari, davlat organlari mutaxassislari) uchun ham amalga oshiriladi.

O‘zbek talabalari «Moskva muhandislik-fizika instituti»ning Milliy tadqiqot yadro universiteti (MMFI MTYAU)da tahsil olishi bilan bir qatorda Toshkentda atom tarmog‘i uchun kadrlarni tayyorlash maqsadida MMFI MTYAU ning filiali ham ochildi. Bundan tashqari, respublikamizning boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham mutaxassislar tayyorlanmoqda. O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti shular jumlasidandir. Qayd etish joizki, o‘zbek mutaxassislari 2021 yildan boshlab Koreya Respublikasi hamda Vengriyaga ta’lim olish uchun yuboriladi.

Ma’lumki, ko‘p davlatlar atom energetikasini iqlim o‘zgarishi va energiya tanqisligini hal qilishda mamlakatlarga yordam berish uchun keng asosdagi asosiy texnologiya sifatida tanlagan. Yangi energobloklar qurilishi Xitoy, Hindiston, Misr, BAA, Bangladesh va boshqa ko‘plab mamlakatlarda amalga oshirilmoqda. Shu bois, AES qurishni rejalashtirgan O‘zbekiston bu tanlovida yagona davlat emas.

Kelajakda atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan energiya malakatimizning har bir iste’molchisini barqaror, ishonchli, ekologik jihatdan toza va nisbatan arzon elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Nasiba ZIYODULLAEVA,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston uchun atom energetikasi energiya tanqisligi va dekarbonizatsiya muammolarining yechimi sifatida