Özbekiston — Qozoğiston: strategik rivojlaniş yönalişlarini uyğunlaştiriş va ittifoqçilik munosabatlarini çuqurlaştiriş uçun yangi imkoniyatlar
Toşkentda Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 2026-yil 28-oktabr kuni Qozoğiston xalqiga yöllagan “Yangi tarixiy davrda Qozoğiston oldida turgan dolzarb muammolar” nomli Murojaatnomasini tahlil qilişga bağişlangan qator ekspert uçraşuvlari va muhokamalar bölib ötdi.
Ularda Murojaatnomada belgilangan asosiy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ustuvor yönalişlar hamda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) ötkazilgan uçraşuvlarda ekspert-tahliliy doiralar vakillari, olimlar, tadqiqotçilar, siyosatşunoslar, parlament aʼzolari va diplomatlar iştirok etdi.
Tadbirlar Qozoğistonning Özbekistondagi elçixonasi bilan hamkorlikda taşkil etildi. Ularda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) rahbariyati va ekspertlari ham qatnaşib, Murojaatnomaning asosiy qoidalari hamda ularning ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştirişdagi ahamiyati yuzasidan öz baholarini bildirdi.

Iştirokçilar Qozoğistonning siyosiy va iqtisodiy modernizatsiya sohasidagi ustuvor yönalişlari, Murojaatnomada belgilangan strategik maqsadlarni amalga oşiriş istiqbollari hamda ikki mamlakatning milliy rivojlaniş dasturlarini uyğunlaştiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Prezident Qasim-Jomart Toqayevning Murojaatnomasi Qozoğiston taraqqiyotining yangi bosqiçidagi strategik ustuvorliklarni belgilab beruvçi muhim siyosiy voqea ekani qayd etildi. Unda keng kölamli institutsional yangilanişlardan iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy modernizatsiyaga doir amaliy vazifalarni izçil bajarişga ötiş öz ifodasini topgan.
Murojaatnomada belgilangan ustuvor yönalişlarning Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar bilan uyğunligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Iştirokçilar har ikki mamlakat zamonaviy, raqobatbardoş va texnologik jihatdan ilğor iqtisodiyotni şakllantiriş, infratuzilmani keng kölamda yangilaş, sanoat va energetikani rivojlantiriş, transport-logistika aloqalarini mustahkamlaş, raqamlaştiriş hamda inson kapitalini yuksaltiriş yölidan izçil borayotganini taʼkidladi.

Şu nuqtai nazardan, ikki davlatning strategik yondaşuvlari örtasidagi yaqinlik modernizatsiya dasturlarini uyğunlaştiriş, investitsiyaviy va texnologik resurslarni birlaştiriş hamda yangi mintaqaviy qöşilgan qiymat zanjirlarini yaratiş uçun qöşimça imkoniyatlar oçayotgani qayd etildi.
Tadbirlarda sözga çiqqan SMTI direktorining birinçi örinbosari Akramjon Neʼmatov Murojaatnomaning strategik ahamiyati hamda undagi asosiy yönalişlarning Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli özgarişlar bilan hamohangligini taʼkidladi.
Uning qayd etişiça, Qozoğiston va Özbekiston oldida köp jihatdan öxşaş vazifalar turibdi. Bular barqaror iqtisodiy ösişni taʼminlaş, sanoat va texnologik modernizatsiyani jadallaştiriş, infratuzilmani rivojlantiriş hamda iqtisodiyotda unumdorlikni oşirişdan iborat.
Qozoğiston Prezidenti belgilagan energetika, transport, sanoat kooperatsiyasi, muhim mineral resurslar, sunʼiy intellekt va inson kapitali kabi ustuvor yönalişlar özaro boğliq bölib, uzoq muddatli rivojlaniş kun tartibini şakllantiradi. Bu esa Özbekiston va Qozoğiston hamkorligini çuqurlaştiriş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
“Özbekiston uçun alohida taşabbuslarning mazmuni bilan bir qatorda, özgarişlar jarayonining umumiy mantiği ham qiziqiş uyğotadi. Qozoğistonning strategik ustuvorliklari «Özbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan yönalişlar bilan köp jihatdan mos keladi. Bu milliy dasturlarni parallel ravişda amalga oşirişdan ularni amalda uyğunlaştirişga ötiş uçun qulay şaroit yaratadi”, — dedi A. Neʼmatov.
U hamkorlikning bir qator istiqbolli yönalişlarini körsatib ötdi. Jumladan, sanoat aloqalarini kengaytiriş, qöşma transport-logistika va işlab çiqariş zanjirlarini rivojlantiriş, muhim mineral resurslar, energetika va suv resurslari sohalarida hamkorlik qiliş, şuningdek, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va muhandislik taʼlimi böyiça saʼy-harakatlarni birlaştiriş zarurligi qayd etildi.
Alohida transport yönalişlarini rivojlantirişdan tölaqonli iqtisodiy yölaklarni şakllantirişga ötiş zarurligiga urğu berildi. Bunday yölaklar böylab yangi işlab çiqariş quvvatlari, logistika markazlari, qayta işlaş korxonalari va xizmat körsatiş infratuzilmasini barpo etiş mumkin.
Amaliy takliflar qatorida Qozoğiston va Özbekistonning 2030-yilgaça bölgan modernizatsiya dasturlarini uyğunlaştiriş böyiça qöşma “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş ham ilgari surildi. Unda özaro iqtisodiy manfaatlarga xizmat qiladigan ustuvor loyihalarni belgilaş taklif etildi.
Iştirokçilar barqaror işlab çiqariş zanjirlarini şakllantiriş, korxonalar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş va yangi investitsiyalarni jalb etiş maqsadida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi salohiyatidan kengroq foydalanişni taklif qildi.
Şuningdek, suv va energetika xavfsizligiga doir yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş, muhim mineral resurslarni qayta işlaşni mahalliylaştiriş hamda texnologiya va taʼlim sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş ahamiyati taʼkidlandi.
Uşbu yönalişlar ikki mamlakat rahbarlarining Markaziy Osiyoda iqtisodiy özaro boğliqlikni çuqurlaştiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va mintaqaviy ösişning yangi manbalarini yaratişga qaratilgan umumiy qaraşlariga mos kelişi qayd etildi.
Bu borada yuksak siyosiy işonç, keng qamrovli şartnomaviy-huquqiy baza va oliy darajadagi muntazam muloqotga tayangan Özbekiston–Qozoğiston ittifoqçilik munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Ikki davlat hamkorligining izçil rivojlanişi nafaqat ikki tomonlama taşabbuslarni amalga oşiriş, balki kengroq mintaqaviy miqyosdagi loyihalarni ilgari suriş uçun ham qulay şaroit yaratadi.
Iştirokçilar Özbekiston va Qozoğistonning modernizatsiya dasturlarini uyğunlaştiriş Markaziy Osiyoning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaş va xalqaro raqobatbardoşligini oşirişning muhim omiliga aylanişi mumkin, degan umumiy xulosaga keldi.
Qöşma taşabbuslar mintaqaviy bozorni kengaytiriş, qöşimça işlab çiqariş va texnologik salohiyatni şakllantiriş, investitsiyalarni jalb etiş, yangi iş örinlari yaratiş hamda aholi turmuş darajasini oşirişga xizmat qiladi.

Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi hamkorlikni çuqurlaştirişdan olinadigan manfaatlar ikki tomonlama munosabatlar doirasi bilan çeklanmaydi. Bu Markaziy Osiyoning barça davlatlari uçun qöşimça imkoniyatlar yaratib, mintaqaning global iqtisodiy va işlab çiqariş zanjirlaridagi örnini mustahkamlaydi.
Muhokamalar Özbekiston va Qozoğistonning ekspert-tahliliy hamda akademik doiralari mazmunli muloqotni rivojlantiriş va strategik ustuvorliklar yuzasidan baholar almaşişdan özaro manfaatdor ekanini tasdiqladi. Şuningdek, ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanişiga kömaklaşişga qaratilgan amaliy takliflarni tayyorlaşga intiliş namoyon böldi
ÖzA