Özbekiston Prezidenti davlat taşrifi bilan Iordaniyada böladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Amman şahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari
hamda işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes forumiva boşqa tadbirlar ötkaziladi.
Bölajak muzokaralar kun tartibidan Özbekiston – Iordaniya munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan. Xususan, töqimaçilik, toğ-kon va kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi şeriklikni rivojlantiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almaşinuvlarini faollaştirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Muzokaralar yakunlari böyiça bir qator hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.