Özbekiston — Polşa hamkorlik yönalişlari muhokama qilindi
Polşa Seymi Iqtisodiyot va rivojlaniş qömitasi raisi Rafal Pavel Komareviç boşçiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bölib turibdi. Delegatsiya vakillari Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga taşrif buyurdi.
Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari Rahimjon Hakimov bilan bölib ötgan uçraşuvda Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan oçiq, pragmatik va özaro manfaatli taşqi siyosat tufayli Özbekistonning xorijiy davlatlar bilan munosabatlari izçil rivojlanib borayotgani alohida eʼtirof etildi.
Jumladan, parlament diplomatiyasi doirasidagi aloqalar davlatlararo munosabatlarni mazmunan boyitişda muhim örin tutayotgani taʼkidlandi.
Qayd etilganidek, Özbekiston — Polşa parlamentlararo muloqoti yuqori surʼatlarda va tizimli ravişda rivojlanib bormoqda. 2026-yil yanvar oyida Polşa Seymi delegatsiyasining Özbekistonga, şu yil 16–18-sentabr kunlari esa Qonunçilik palatasi delegatsiyasining Polşaga amalga oşirgan taşrifi parlamentlar örtasidagi aloqalarni amaliy mazmun bilan boyitişga xizmat qildi.
Muloqotda parlamentlararo döstlik guruhi faoliyatini yanada jonlantiriş, deputatlar örtasidagi muntazam muloqotni yölga qöyiş va parlament delegatsiyalari almaşinuvini kengaytiriş muhimligi taʼkidlandi. Qonun ijodkorligi, parlament nazorati va mahalliy özini özi boşqariş sohalarida tajriba almaşiş, tegişli qömita va komissiyalar örtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlik körsatkiçlari yuqorilab bormoqda. Xususan, 2025-yilda Özbekiston va Polşa örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 397,6 million AQŞ dollarini taşkil etgan. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida esa bu körsatkiç 301,4 million dollarga yetgan va ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 5 foizga oşgan.

Tomonlar kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş, korxonalarning ikki mamlakat bozorlariga çiqişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Şu bilan birga, Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş, yaşil energetika, quriliş sohalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va Polşa kompaniyalari bilan özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almaşildi.
Taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş, akademik va talabalar almaşinuvini rivojlantiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Şuningdek, turizm sohasidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, Özbekiston va Polşa örtasida sayyohlar oqimini köpaytiriş masalasiga urğu berildi.
Samimiy va döstona muloqot yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
M.Komilova,
ÖzA