Ozarbayjonlik yoşlar Özbekiston sport taʼlimiga jalb etiladi
Mamlakatimizda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, çet ellik talaba yoşlarni mamlakatimiz sport taʼlimiga jalb etiş borasida keng qamrovli işlar olib borilmoqda.
Şu maqsadda kuni keça Özbekiston davlat sport akademiyasi hamda Ozarbayjonning “ULUS EGE GROUP” kompaniyasi örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Kelişuvga köra, kelgusida Ozarbayjon fuqarolarini sport akademiyasida tahsil olişga jalb etiş, ularga mavjud bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça öqişga qabul qiliş tartibi haqida axborot kömagini körsatiş nazarda tutilgan.
Memorandumni imzolaş marosimida iştirok etgan Özbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev hamda “ULUS EGE GROUP” direktori Mikayil Mirzazoda ozarbayjonlik yoşlarning mamlakatimizda tahsil oliş uçun yaratiladigan şart-şaroit va qulayliklar ikki qardoş xalq örtasidagi azaliy döstlik va hamjihatlikning mantiqiy davomi ekanligini bildirişdi.

Taʼkidlanganidek, mazkur hamkorlik Özbekiston va Ozarbayjon davlatlarining xalqaro taʼlim maydonidagi örnini mustahkamlaş, xorijiy talabalar uçun taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda sport taʼlimi sohasidagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.
Tölqin Röziyev, ÖzA