OTM jamoalari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Zakovat” klubi hamkorligida davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Musobaqada 41 ta oliy ta’lim muassasasining jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.

Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan o‘yin natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy universiteti jamoasiga birinchi, University of Science and Technology jamoasiga ikkinchi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasiga uchinchi o‘rin nasib qildi.
Mazkur jamoalar egallagan o‘rniga mos ravishda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, 1-o‘ringa 9 million, 2-o‘ringa 7,5 million, 3-o‘ringa esa 6 million so‘m pul mukofotlari berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA