Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlaşmasining faoliyati va rejalari taqdim etildi
Özbekiston davlat konservatoriyasida Orkestr va xor jamoalari ijodiy birlaşmasining faoliyati, amalga oşirilayotgan işlari va istiqboldagi rejalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga birlaşmaning asosiy faoliyat yönalişlari, orkestr va xor ijroçilik sanʼatini rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslar, şuningdek, kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilgan ijodiy loyihalar haqida maʼlumot berildi.

Taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi «Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida ijodiy birlaşmalar faoliyatini yölga qöyiş va qöllab-quvvatlaş, yangi isteʼdodlarni kaşf etiş hamda ularning ijodiy salohiyatini röyobga çiqarişga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan. Mazkur hujjatning 1-ilovasida «Orkestr va xor» alohida yönaliş sifatida qayd etilgan.

Matbuot anjumanida orkestr va xor ijroçiligi anʼanalarini rivojlantiriş, milliy musiqiy merosni asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, ijodiy jamoalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda yoş ijroçilarning kasbiy mahoratini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, birlaşmaning istiqboldagi faoliyati yuzasidan belgilangan rejalar taqdim etildi. Jumladan, konsert dasturlari va yirik ijodiy loyihalarni amalga oşiriş, mahorat darslarini taşkil etiş, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlaş, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytiriş va tajriba almaşinuvini rivojlantiriş ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.
Anjuman davomida jurnalistlarning savollariga javob berildi, şuningdek, orkestr va xor sanʼatini yanada rivojlantiriş, ijodiy jamoalar imkoniyatlarini kengaytiriş va sohada yangi taşabbuslarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
N.Usmonova,
ÖzA