Nukusning “Orol” jamoasi Superligada
Nukusdagi “Turon” öyingohida futbol böyiça Özbekiston Pro-ligasining “Orol” va “Ğazalkent” jamoalari örtasida 25 tur öyini bölib ötdi.
Ön ming nafarga yaqin muxlis köz öngida ötgan uşbu öyinga “Orol” futbolçilari katta masʼuliyat va ğalabaga bölgan işonç bilan tuşdi. Jamoa maydonda öz öyin tartibini namoyiş etib, raqibidan 2:0 hisobida ustun keldi.
Uçraşuvning 40-daqiqasida Javohir Alijonov raqib jamoa darvozasiga gol urib, jamoasini oldinga olib çiqqan bölsa, öyinning 53-daqiqasida jamoaning rossiyalik legioneri Yevgeniy Kozlov ikkinçi golni kiritib, hisobni 2:0 ga yetkazdi.
Şundan keyin ham har ikki jamoa futbolçilari xavfli hujumlar uyuştirib, gol urişga harakat qildi. Biroq uçraşuvning qolgan vaqtida hisob özgarmadi. Natijada maydon egalari raqibini 2:0 hisobida yengib, öz muxlislariga katta quvonç ulaşdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining “Orol-W” qizlar futbol jamoasi birinçi ligada muddatidan oldin çempionlikni qölga kiritib, oliy ligaga yöllanma olgandi. Tanaffus paytida qizlar futbol jamoasiga kubok, medal va esdalik sovğalari topşirildi.

Nukusning “Orol” jamoasining 25 yillik tanaffusdan söng Superligaga qaytişi davlatimiz rahbarining jismoniy tarbiya va sportni, şu jumladan, millionlar öyini hisoblangan futbolni rivojlantirişga qaratayotgan alohida eʼtibori va ğamxörligining samarasidir.
Öyindan söng muddatidan oldin Superliga yöllanmasini qölga kiritgan Nukusning “Orol” jamoasini taqdirlaş marosimi böldi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi A.Orinbayev, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti R.Irmatov, Özbekiston Professional futbol ligasi boş direktori D.Imomxöjayev iştirok etib, jamoani ğalaba bilan qutladi. Ğoliblarga medal, kubok va esladik sovğalari topşirildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri