Myanma genotsid sodir etişda ayblanmoqda
BMT Xalqaro sudi (XS) Myanmani Rohinja musulmon ozçiligi genotsidi uçun javobgar deb eʼlon qilgandan söng Buyuk Britaniya uşbu davlat harbiy attaşesini mamlakatdan çiqarib yubormoqda, dedi taşqi işlar vaziri Ed Milibend. Şuningdek, u London mazkur qarorni muhokama qiliş uçun BMT Xavfsizlik Kengaşi şoşilinç yiğilişini qöllab-quvvatlaşini taʼkidladi.
Milibend qöşimça qilişiça, Myanmaning Buyuk Britaniyadagi muvaqqat işlar vakili Taşqi işlar vazirligiga taklif qilingan. Vazir yaqin kunlarda “Rohinja genotsidi”ga aloqador şaxslarni javobgarlikka tortiş böyiça qöşimça çoralar körilişiga vaʼda berdi.
Avvalroq BMT XS maʼqullovçi 9, qarşi 6 ovoz bilan Myanma genotsid sodir etgan, deya qaror çiqargan. Bu uşbu odillik idorasi muayyan davlatni bevosita genotsidda aybdor, deb topgan birinçi holat.
S.Rahimov, ÖzA