Muhammadjon Maşaripov dzyudo böyiça jahon çempioni böldi
Hamyurtimiz çempionlik sari yölni Xitoy vakili ustidan qozonilgan ğalaba bilan boşladi.
Toşkentda ötkazilayotgan dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi Jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi dastlabki oltin medalini qölga kiritdi.
-60 kilogramm vazn toifasida tatamiga çiqqan Muhammadjon Maşaripov barcha raqiblarini mağlub etib, jahon çempioni unvoniga sazovor böldi.
Hamyurtimiz çempionlik sari yölni Xitoy vakili ustidan qozonilgan ğalaba bilan boşladi. Keyingi bellaşuvlarda esa Möğuliston, Braziliya va Tojikiston dzyudoçilaridan ustun kelib, final yöllanmasini naqd qildi.
Oltin medal uçun keçgan hal qiluvçi bahsda Maşaripov AQŞ vakili Jonatan Yangga qarşi tatamiga çiqdi. Kattalar örtasidagi Gran-pri musobaqasi sovrindori hisoblangan amerikalik sportçi ham özbekistonlik dzyudoçiga qarşilik körsata olmadi.
Finaldagi ğalaba Muhammadjon Maşaripovga yoşlar örtasidagi jahon çempioni unvonini taqdim etdi. U aynı paytda Özbekiston terma jamoasining mazkur musobaqadagi ilk medaliga ham mualliflik qildi.