Malakali kadrlar xorijda işlaşadi (+video)
Davlatimiz rahbarining topşiriğidan kelib çiqqan holda, çet el mamlakatlarida işlayotgan, ammo yuqori daromad topa olmayotgan hamyurtlarimizni kasbga öqitiş, hunar örgatiş va malakasini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu orqali migrantlarimizni mömay pul topiş imkoniyatiga ega bölişda yaqindan kömaklaşiladi.
Saudiya Arabistonining “K°Dot” kompaniyasi boşqaruv menejeri Faysal Al Davud boşçiligidagi delegatsiyani respublika Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi vakillari hamrohligida Namangan viloyatiga taşrifi ayni şu xayrli maqsadga qaratildi.

Ikki tomonlama bölib ötgan uçraşuv va muzokaralar jarayonida Namangan viloyati, xususan, Norin tumanida özaro hamkorlikda malaka markazini taşkil etiş hamda Özbekiston fuqarolarini «Dhaef Global Recruitment» xalqaro bandlik agentligi tomonidan taklif etilayotgan böş iş örinlariga kengroq jalb qilişga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlaş örinliki, hamkorlik doirasida Namangan, Andijon va Farğona viloyatlaridagi işsiz fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga öqitilişi rejalaştirilgan. Tinglovçilar uçun amaliyot ötaş, belgilangan mezonlar asosida imtihonlardan muvaffaqiyatli ötiş va natijada malaka talablariga javob bergan nomzodlarni iş bilan taʼminlaş imkoniyatlari yaratiladi.

Hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Norin tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabi tegişli faoliyatni taşkil etiş uçun möljallangan maskan sifatida belgilandi. Mehmonlar Norin tumani hokimi Jörabek Nurmatov hamrohligida uşbu ilm maskanida bölib, mavjud şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Pedagogik jamoa vakillari bilan muloqotga kirişildi.
– Uçraşuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantiriş, vodiy hududidagi işsiz fuqarolar, ayniqsa, yoşlar bandligini taʼminlaş, ularni talab yuqori bölgan kasb-hunarlarga öqitiş va xorijda munosib mehnat faoliyatini olib borişlari uçun zarur şaroitlarni yaratiş masalalari yuzasidan atrofliça özaro fikr almaşdik, – deydi Namangan viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi boşliği Zafarjon Ikromov. – Mazkur kelişuvimiz kelgusida fuqarolarning kasbiy salohiyatini oşiriş, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş hamda aholi bandligini taʼminlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri