Maktabga tayyorlov umumiy örta taʼlim tizimiga kiritiladi
Maktabga bir yillik majburiy tayyorlovni umumiy örta taʼlim tizimiga kiritiş, uni maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlarida taşkil etiş, bolalarning mazkur tayyorlovdan ötiş huquqini kafolatlaş belgilanmoqda.
Parlament quyi palatasi majlisida maktabgaça va maktab taʼlimi tizimi integratsiyasini taʼminlaşga qaratilgan qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.
– “Taʼlim töğrisida”gi hamda “Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida”gi qonunlarga muvofiq, 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş maqsadida majburiy bir yillik maktabgaça taʼlim tizimi joriy etilgan, – dedi Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva. – Hozirda bolalarni uşbu tizim bilan töliq qamrab oliş borasida jadal işlar olib borilmoqda. Şu bois, mazkur jarayonlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlaş dolzarb ahamiyatga ega.
Rivojlangan davlatlar tajribasiga köra, qator mamlakatlarda bolalar 5–6 yoşdan boşlab umumiy örta taʼlimga jalb etiladi. Uşbu hujjat bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaşni nazarda tutadi. Bu orqali taʼlim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş maqsad qilingan.
Bugun 6 yoşli bolalar qamrovi 90 foizdan 98 foizga yetkazilgan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli Farmoni bilan 2027-yilda bu körsatkiçni 100 foizga yetkaziş vazifasi belgilangan. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi uşbu maqsadga erişiş uçun huquqiy asos böladi, – dedi vazir örinbosari.

Şuningdek, pedagoglar masalasiga ham töxtalib ötildi. Kadrlarni tayyorlaş, malakasini oşiriş vazifalari borasida tizim bitta qilinganligi bois bu yilgi bitiruvçilarning ham hisob-kitoblari olingani, keyinçalik öqitiladigan dasturlarni ham takomillaştiriş işlari boşlab yuborilgani aytib ötildi.
Bundan taşqari, majburiy tayyorlov bepul taşkil etilişi, ota-onalarning masʼuliyati oşirilayotgani alohida taʼkidlandi.
Muhokama va savol-javoblardan söng qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.
Muhtarama Komilova, ÖzA