Mahalliy maişiy texnika savdosini rağbatlantiriş va aholiga qulaylik yaratiş maqsadida yangi moliyaviy mexanizm yölga qöyiladi
Banklar tomonidan mamlakatimizda işlab çiqarilgan muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, konditsioner va boşqa maişiy texnikalar xaridi uçun yillik 18 foiz stavkada isteʼmol kreditlari ajratiş rejalaştirilmoqda.
Bu, bir tomondan, oilalarning zamonaviy maişiy texnika xarid qiliş imkoniyatlarini kengaytirsa, ikkinçi tomondan, mahalliy korxonalar mahsulotlarining sotuvini oşiradi.
Mutasaddilarga ikki haftada tegişli hisob-kitoblarni tayyorlab, tijorat banklariga uşbu maqsadlar uçun arzon resurs joylaştiriş böyiça aniq taklif kiritiş topşirildi.
Prezidentimiz xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan muloqotda ularning taklif va taşabbuslarini tingladi.
ÖzA