Magnus Karlsen: “Nodirbek Abdusattorov bilan maşğulotlar meni reallikka qaytardi”
Xalqaro şaxmat federatsiyasi reytingida yetakçilik qilayotgan sobiq jahon çempioni Magnus Karlsen ötgan haftaning sönggi kunlarida UNICEF uçun taşkil etilgan xayriya tadbiri davomida ötkazayotgan maşğulotlari va keyingi musobaqalari haqida töxtalib, faoliyatida Nodirbek Abdusattorovning qanday örin tutişi töğrisida fikr bildirdi.
Norvegiyalik dunyoning birinçi raqamli şaxmatçisi Nodirbek Abdusattorov bilan maşğulotlari, şaxmatdagi intuitsiya va kelgusi musobaqalar borasida gapirib, “jahonning eng yaxşi şaxmatçilaridan biri Abdusattorov bilan taşkil etilgan maşğulotlar meni reallikka qaytardi”, deya taʼkidladi.

Uning aytişiça, internetda köplab blits partiyalarni öynaş ayrim salbiy odatlarni şakllantiradi. Nodirbek bilan maşğulotlar esa bu jihatdan ulardan köra foydaliroq.
Magnus Karlsen, şuningdek, joriy yil dekabr oyining sönggi kunlarida rapid va blits böyiça Turkiyaning Istanbul şahrida ötadigan jahon çempionatida qatnaşişi ehtimoli yiroq emasligini, biroq hozirça yakuniy qaror qabul qilmaganini aytib ötdi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA