Legionerlarimiz: Hamrobekov uyda, Maşaripov va Aşurmatov safarda öynaydi. Şomurodov, Fayzullayev va Husanov jamoalarini ham safar bahslari kutmoqda
Bugun 6 nafar legionerimiz maydonga tuşadi.
Bugun, 7-noyabr kuni, legionerlarimiz töp surayotgan jamoalar Angliya, Turkiya va Eron çempionatlarida navbatdagi uçraşuvlarini ötkazadi.
«Traktor» — «Xaybar Xurramobod»
🕔 17:00 | Eron Pro-ligasi, 12-tur
Odiljon Hamrobekovning «Traktor» jamoasi öz maydonida «Xaybar Xurramobod»ni qabul qiladi.
Tabriz klubi çempionatda 20 oçko bilan 5-örinda bormoqda. Mehmonlar hisobida esa 14 oçko mavjud.
«Traktor» milliy çempionatdagi sönggi öyinida «Sanat Naft»ni 3:0 hisobida mağlub etgan. Jamoaning eng sönggi uçraşuvi esa Elit Osiyo çempionlar ligasida «Neftçi»ga qarşi keçib, 2:2 hisobida yakunlandi. Hamrobekov mazkur bahsda asosiy tarkibda maydonga tuşgan.
➖➖➖
«Istiqlol Xuziston» — «Istiqlol»
🕖 19:00 | Eron Pro-ligasi, 12-tur
Jaloliddin Maşaripov va Rustam Aşurmatov töp surayotgan Tehronning «Istiqlol» jamoasi «Istiqlol Xuziston» mehmoni böladi.
Tehronliklar 10 ta uçraşuvda 20 oçko jamğarib, 4-poğonada bormoqda. Mezbonlar esa 11 öyinda 10 oçko töplagan va 14-örinni egallab turibdi.
«Istiqlol» çempionatda hali mağlubiyatga uçramagan: jamoa hisobida 5 ta ğalaba va 5 ta durang bor.
Tehron klubi sönggi uçraşuvida Elit OÇL doirasida «Al-Şamol»ni 1:0 hisobida yengdi. Öşa bahsda Maşaripov töliq öynadi, Aşurmatov esa sönggi daqiqalarda zaxiradan maydonga tuşdi.
➖➖➖
«Göztepe» — «Başakşehir»
🕘 21:00 | Turkiya Superligasi, 11-tur
Eldor Şomurodov va Abbosbek Fayzullayevning «Başakşehir» jamoasi Izmirda «Göztepe»ga qarşi maydonga tuşadi.
«Başakşehir» 14 oçko bilan 10-örinda, «Göztepe» esa 15 oçko bilan 9-poğonada joylaşgan. Jamoalarni jadvalda atigi bir oçko ajratib turibdi.
Istanbul klubi ötgan turda «Samsunspor»ni 5:2 hisobida mağlub etdi. Uşbu uçraşuvda Şomurodov ham, Fayzullayev ham raqib darvozasini işğol qilgan.
«Göztepe» esa çempionatdagi sönggi tört öyinida ğalaba qozongan. Izmirliklar avvalgi turda safarda «Fenerbahçe»dan 2:1 hisobida ustun kelgan.
➖➖➖
«Nottingem Forest» — «Mançester Siti»
🕥 22:30 | Angliya Premyer-ligasi, 10-tur
Abduqodir Husanov töp surayotgan «Mançester Siti» «Siti Graund» stadionida «Nottingem Forest» mehmoni böladi.
«Şaharliklar» 21 oçko bilan 2-örinda bormoqda. «Nottingem Forest» esa 6 oçko bilan 19-poğonada joylaşgan.
«Siti» Premyer-ligadagi sönggi turda öz maydonida «Brayton»ga 0:1 hisobida yutqazdi. Şundan söng Çempionlar ligasida safarda «Leypsig»ni 3:2 hisobida mağlub etdi.
«Nottingem Forest» avvalgi turda «Brentford»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Jamoa joriy mavsum Premyer-ligasida öz maydonidagi ilk ğalabasini hali qölga kiritmagan.