Konstitutsiyaga hurmat – Vatanga muhabbat, inson qadrini uluğlaş, adolatli jamiyat qurişning eng muhim şartidir
Konstitutsiya – jamiyatning huquqiy, siyosiy va maʼnaviy taraqqiyotini belgilaydigan, inson va davlat örtasidagi munosabatlarning asosiy mezonlarini mustahkamlaydigan oliy qadriyatdir.
Boş Qomusimiz qabul qilingan sananing 34 yilligi munosabati bilan Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy maslahat kengaşi raisining örinbosari, TDYUU professor, yuridik fanlar doktori Foziljon Otaxonov bilan suhbatlaşdik.
– Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklari, ijtimoiy davlat, qonun ustunligi, hokimiyatlar bölinişi va odil sudlov kafolatlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Eng muhimi, Konstitutsiyaning 15-moddasida uning oliy yuridik kuçga egaligi, töğridan-töğri amal qilişi va mamlakatning butun hududida qöllanilişi belgilangan.
Biroq Konstitutsiyaning haqiqiy qadr-qimmati uning matnidagi normalar bilangina emas, balki hayotda qanday amalga oşirilişi, inson huquqlarini qay darajada himoya qilişi va davlat organlari faoliyatida qançalik ustuvor ahamiyat kasb etişi bilan belgilanadi.

– Konstitutsiya ustunligi deganda nimani tuşunamiz? Nima uçun bu tamoyil demokratik va huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi?
– Avvalo, Konstitutsiya ustunligi tuşunçasining huquqiy mazmuniga eʼtibor qaratiş lozim. Konstitutsiya ustunligi – bu davlatdagi barça huquqiy hujjatlar, davlat organlari qarorlari, mansabdor şaxslarning harakatlari va jamiyatdagi huquqiy munosabatlar Konstitutsiyaga muvofiq bölişi şartligini anglatadi.
Bunda uçta muhim jihatni ajratib körsatiş mumkin. Birinçidan, Konstitutsiya oliy yuridik kuçga ega. Demak, heç bir qonun, farmon, qaror, idoraviy hujjat yoki boşqa normativ-huquqiy hujjat uning normalariga zid bölişi mumkin emas.
Ikkinçidan, Konstitutsiya normalari töğridan-töğri amal qiladi, yaʼni fuqaro özining konstitutsiyaviy huquqini himoya qiliş uçun har doim ham qonun qabul qilinişini kutişi şart emas. Konstitutsiya normasi tegişli huquqiy munosabatni tartibga soliş uçun yetarli asos bölsa, undan bevosita foydalaniş mumkin.
Uçinçidan, Konstitutsiya butun huquqiy tizimning asosini taşkil etadi. Qonun ijodkorligi, davlat boşqaruvi, odil sudlov va huquqni qöllaş amaliyoti aynan şu mezon asosida şakllanişi kerak.
Konstitutsiya ustunligining eng muhim ijtimoiy vazifasi – davlat hokimiyatining huquq bilan çeklanganligini taʼminlaşdir. Huquqiy davlatda davlat organi «menga şunday vakolat berilgan» degan vaj bilan emas, balki «mening harakatim Konstitutsiya va qonunga muvofiqmi?» degan mezon asosida iş yuritişi kerak.
Şu maʼnoda, Konstitutsiya ustunligi davlatning kuçini emas, balki uning huquqiy masʼuliyatini namoyon etadi. Davlat qançalik kuçli bölmasin, u Konstitutsiyadan ustun tura olmaydi.
– Konstitutsiyaviy sudning aniq qarorlari misolida Konstitutsiya ustunligining amaliy ahamiyatini qanday körsatiş mumkin?
– Konstitutsiyaviy sudning «Advokatura töğrisida»gi qonun 3-moddasi uçinçi qismining beşinçi xatboşisini Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaş haqidagi qarorida advokatning şartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlari, xöjalik boşqaruvi organlari, davlat muassasalari va taşkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida faoliyat yuritişi masalasi körib çiqilgan.
Sud mazkur qoidani Konstitutsiyaning 29, 65 va 141-moddalari bilan boğliq holda tahlil qilgan. Qarorning muhim jihati şundaki, Konstitutsiyaviy sud advokatning kasbiy faoliyati bilan boğliq huquqiy munosabatlarni insonning malakali yuridik yordam oliş huquqi, mulk şakllarining tengligi va advokaturaning konstitutsiyaviy maqomi nuqtai nazaridan baholagan.
Bu yerda muhim bir xulosa bor: Konstitutsiyada kafolatlangan huquqlarni taʼminlaşda muayyan kasbiy institutlarning faoliyati ham konstitutsiyaviy mezonlar asosida baholanişi lozim.
Konstitutsiyaviy sudning 2026-yil 22-sentabrdagi qarorida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinçi qismining Konstitutsiyaga muvofiqligi masalasi körib çiqilgan. Uşbu işda şaxsni maʼmuriy yöl bilan 48 soatdan ortiq muddatga uşlab turiş imkoniyati bilan boğliq masala tahlil qilingan. Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaning 27-moddasi uçinçi qismiga tayanib, şaxsni sud qaroriga köra qamoqqa olişga yöl qöyilişi, sudning qarorisiz esa şaxs 48 soatdan ortiq muddatga uşlab turilişi mumkin emasligini taʼkidlagan.
Sud «Habeas corpus» prinsipiga alohida eʼtibor qaratgan. Bu prinsip şaxs erkinligini çeklaş ustidan mustaqil va xolis sud nazoratini taʼminlaşga qaratilgan.
Qarorning ahamiyati şundaki, unda davlatning jamoat tartibini taʼminlaş vakolati insonning şaxsiy erkinligi va daxlsizligiga oid konstitutsiyaviy kafolatlar bilan çegaralanişi lozimligi körsatilgan.
Bu – Konstitutsiya ustunligining eng muhim körinişlaridan biri. Çunki davlat organining har qanday majburlov çorasi, hatto jamoat manfaatlarini közlagan taqdirda ham, konstitutsiyaviy çegaralar doirasida bölişi şart.
– Konstitutsiya ustunligini taʼminlaşda davlat organlari va mansabdor şaxslarning masʼuliyati nimalarda namoyon böladi?
– Konstitutsiya ustunligini taʼminlaşni faqat sudlar zimmasiga yuklab qöyiş töğri bölmaydi. Bu – butun ijro etuvçi hokimiyat organlari tizimi, qonunçilik ijodkorligi subʼektlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining umumiy vazifasidir.
Konstitutsiyaning 16-moddasida qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida qabul qilinişi, unga zid bölişi mumkin emasligi belgilangan. Şuning uçun har qanday normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqişda birinçi navbatda uning Konstitutsiyaga muvofiqligi baholanişi kerak.
Bu jarayonda konstitutsiyaviy ekspertiza, huquqiy ekspertiza, korrupsiyaga qarşi ekspertiza va jamoatçilik muhokamasi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, davlat organlari tomonidan fuqarolarga nisbatan qarorlar qabul qilişda mutanosiblik, qonuniylik, huquqiy aniqlik va inson manfaatlarining ustuvorligi prinsiplariga amal qilinişi şart.
– Konstitutsiyaviy vatanparvarlikni şakllantirişda taʼlim, oila, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining vazifasi qanday bölişi kerak?
– Konstitutsiyaviy vatanparvarlik öz-özidan şakllanmaydi. Bu uzluksiz taʼlim-tarbiya, huquqiy maʼrifat va jamiyatda konstitutsiyaviy qadriyatlarni qaror toptiriş orqali vujudga keladigan jarayondir.
Bu borada bir neçta muhim yönalişni ajratiş maqsadga muvofiq. Birinçisi – oila. Insonda adolat, tenglik, boşqalarning huquqlarini hurmat qiliş, masʼuliyat va bağrikenglik kabi fazilatlar, avvalo, oilada şakllanadi. Bolaning öz huquqini bilişi va boşqalarning huquqini hurmat qilişi konstitutsiyaviy madaniyatning dastlabki poydevoridir.
Ikkinçisi – taʼlim tizimi. Konstitutsiyani öqitiş faqat uning moddalarini yodlatiş bilan çeklanmasligi kerak. Öquvçi va talabalar Konstitutsiya normalarining hayotdagi ahamiyatini anglaşi, huquqiy vaziyatlarni tahlil qilişi, öz huquqlarini qonuniy himoya qiliş usullarini bilişi zarur.
Uçinçisi – mahalla va fuqarolik jamiyati institutlari. Ular aholi örtasida huquqiy maʼrifatni oşiriş, nizolarning oldini oliş, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaş va fuqarolarning davlat boşqaruvidagi iştirokini kengaytirişda muhim örin tutadi.
Törtinçisi – ommaviy axborot vositalari. Konstitutsiyaviy qadriyatlarni keng tarğib qilişda jurnalistika, televideniye, radio va raqamli platformalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş zarur.
Beşinçisi – davlat organlari va mansabdor şaxslarning şaxsiy namunasi. Agar davlat organi fuqaroning huquqini hurmat qilsa, murojaatiga masʼuliyat bilan yondaşsa, qarorlarini qonuniy va asosli qabul qilsa, buning özi konstitutsiyaviy vatanparvarlikning eng taʼsirçan tarğiboti böladi.
Yana bir muhim jihatni taʼkidlamoqçiman. Konstitutsiyaviy vatanparvarlik nizolarni tinç va huquqiy yöl bilan hal qiliş madaniyati bilan ham çambarças boğliq.
Oiladagi, mahalladagi, mehnat jamoasidagi, tadbirkorlik sohasidagi va xalqaro munosabatlardagi nizolarni imkon qadar muzokara, mediatsiya va boşqa muqobil nizolarni hal etiş mexanizmlari orqali bartaraf etiş jamiyatda tinçlik va hamjihatlikni mustahkamlaydi. Bunda mediatsiya, yaraşuv va murosaga keliş madaniyati konstitutsiyaviy qadriyatlarning hayotiy ifodasi sifatida namoyon böladi.
Zero, öz huquqini himoya qila oladigan, biroq boşqalarning huquqini ham hurmat qiladigan, nizolarni zöravonlik bilan emas, muloqot orqali hal etişga intiladigan fuqaro – konstitutsiyaviy vatanparvarlikning haqiqiy taşuvçisidir.
– Özbekistonda Konstitutsiya ustunligini yanada mustahkamlaş uçun nimalarga eʼtibor qaratiş lozim?
– Endi asosiy vazifa – uşbu konstitutsiyaviy qoidalarni davlat va jamiyat hayotining barça sohalarida izçil amalga oşirişdir. Şu nuqtai nazardan, quyidagi yettita ustuvor yönalişni taklif qiliş mumkin.
Birinçidan, qonun ijodkorligi jarayonida Konstitutsiyaga muvofiqlikni taʼminlaş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş zarur. Qabul qilinayotgan har bir qonun va boşqa normativ-huquqiy hujjat inson huquqlari va konstitutsiyaviy prinsiplarga muvofiq bölişi şart.
Ikkinçidan, Konstitutsiyaviy sud qarorlarining huquqiy taʼsirini kuçaytiriş, ularning mazmun-mohiyatini davlat organlari, sudlar va keng jamoatçilikka yetkaziş tizimini takomillaştiriş lozim.
Uçinçidan, sudyalar, prokurorlar, advokatlar va boşqa huquqni qöllovçi mutaxassislarning konstitutsiyaviy bilim va könikmalarini muntazam oşiriş kerak. Konstitutsiya normalarini töğridan-töğri qöllaş huquqiy amaliyotning odatiy standartiga aylanişi zarur.
Törtinçidan, davlat organlari faoliyatida inson huquqlariga taʼsirni baholaş mexanizmlarini keng joriy etiş maqsadga muvofiq. Davlat boşqaruvida samaradorlikning muhim körsatkiçlaridan biri inson huquqlari qay darajada taʼminlangan bölişi kerak.
Beşinçidan, aholining konstitutsiyaviy savodxonligini oşiriş, ayniqsa, yoşlar örtasida konstitutsiyaviy vatanparvarlikni şakllantirişga qaratilgan uzluksiz taʼlim dasturlarini rivojlantiriş zarur.
Oltinçidan, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va jamoatçilik nazoratining Konstitutsiya ustunligini taʼminlaşdagi iştirokini kengaytiriş lozim.
Yettinçidan, jamiyatda huquqiy madaniyatni oşiriş bilan birga, nizolarning oldini oliş va ularni tinç yöl bilan hal qiliş mexanizmlarini rivojlantiriş zarur. Bu borada mediatsiya va boşqa muqobil nizolarni hal etiş institutlari imkoniyatlaridan keng foydalaniş muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya ustunligi – bu faqat huquqşunoslar, sudyalar yoki davlat xizmatçilarining vazifasi emas. Bu har bir fuqaroning huquqiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasi va Vatan oldidagi masʼuliyati bilan boğliq umummilliy vazifadir.
Zotan, Konstitutsiyaga hurmat – Vatanga muhabbat, inson huquqlarini himoya qiliş – inson qadrini uluğlaşning, qonun ustunligini taʼminlaş esa adolatli jamiyat qurişning eng muhim şartidir.
ÖzA muxbiri Norgul Abduraimova suhbatlaşdi.