Kelgusi hosilni asraş bugundan boşlanadi
Qişloq xöjaligida hosildorlikni taʼminlaşda kuz-qiş davrida zararkunanda haşarotlarning qişlovçi bosqiçlarini aniqlaş, ularning köpayişi va tarqalişining oldini oliş, boğ hamda dala maydonlarining fitosanitariya holatini yaxşilaş ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, vaqtida körilgan profilaktik çoralar ertangi hosilning sifati va miqdoriga bevosita taʼsir körsatadi.
Toşkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan hududlarda aynan şu maqsadlarga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oşirilmoqda. Boşqarmaning tuman va şaharlardagi bölimlari inspektorlari tomonidan boğdorçilik- fermer xöjaliklari bilan hamkorlikda fitosanitariya nazorati, profilaktik va agrotexnik işlar tizimli taşkil etilgan.
Ayniqsa, mevali boğlarda zararkunandalarning qişlovçi zaxirasini kamaytiriş, ularning kelgusi mavsumda tarqalişining oldini olişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mutaxassislarning maʼlumotiga köra, hozir viloyatda 3 ming 560 ta boğdorçilik subʼektiga tegişli 35 ming 583 gektar boğ maydoni mavjud. Uşbu maydonlarda aldamçi belboğlar örnatiş, kasallangan şox-şabbalarni butaş va boşqa agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Mavsum boşidan buyon 5 ming 746 gektar boğ maydonida aldamçi tutqiç belboğlar örnatildi. Şuningdek, 1 ming 371 gektar maydonda kasallangan şox-şabbalarni butaş va boşqa agrotexnik tadbirlar bajarildi.
– Tadbirlar zararkunandalarning daraxt tanasi va şoxlarida qişlab qoliş ehtimolini kamaytiriş, kasallik manbalarini bartaraf etiş hamda boğlarda soğlom fitosanitariya muhitni şakllantirişga xizmat qiladi, – deydi Toşkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boş boşqarmasining Yuqori Çirçiq tuman bölimi yetakçi mutaxassisi Xusan Örinboyev. – Jarayonda hududiy inspektorlarimiz nafaqat amalga oşirilayotgan işlarni nazorat qilmoqda, balki boğdorçilik subʼektlari va fermerlarga amaliy-uslubiy yordam ham körsatmoqda. Xususan, aldamçi belboğlardan töğri foydalaniş, zararlangan şoxlarni öz vaqtida butaş, boğlarda sanitar tozalikni taʼminlaş va zararkunandalarga qarşi kuraşişning samarali usullari böyiça tuşuntiriş işlari, öquv-seminarlar taşkil etilmoqda.

Muhim jihati şundaki, zararkunandalarga qarşi kuraş faqat boğlar bilan çeklanmaydi. Dala maydonlarida ham ularning qişlovçi bosqiçlarini aniqlaş, tarqaliş darajasini baholaş va kelgusi mavsum uçun aniq çora-tadbirlar belgilaş zarur.
Şu bois boş boşqarma tomonidan viloyatning qişloq xöjaligi ekin maydonlarida kuzgi nazorat — raskopka işlari ham taşkil etilgan. Viloyatda qişloq xöjaligida foydalaniladigan jami 280 ming 20 gektar ekin maydoni mavjud. Şundan 25 foizi, yaʼni 65 ming 396 gektarida kuzgi nazorat işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Bugungi kunga qadar 24 ming 850 gektar maydonda mazkur tadbirlar bajarildi.

Kuzgi nazorat jarayonida tuproq qatlamlari tekşirilib, zararkunanda haşarotlarning qişlovçi bosqiçlari va zaxirasi aniqlanadi. Bu esa kelgusi mavsumda qaysi hududlarda, qaysi ekin turlarida va qanday kuraş çoralarini qöllaş zarurligini oldindan belgilaş imkonini beradi.
Uşbu işlar ham boş boşqarmaning hududiy bölimlari inspektorlari iştirokida tizimli monitoring qilib borilmoqda. Dala kuzatuvlari va tuproqni kovlaş işlarining öz vaqtida, belgilangan talablar asosida bajarilişiga eʼtibor qaratilmoqda. Amalga oşirilgan tadbirlar fermer xöjaligi nomi va aniq manzili körsatilgan holda fotohisobotlar bilan birga “Dala nazorati” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga ham kiritilmoqda.

Albatta, fitosanitariya xavfsizlikni taʼminlaşda faqat mutaxassislar nazoratining özi yetarli emas. Bu jarayonda fermerlar, boğdorçilik subʼektlari va yer egalarining ham faol iştiroki talab etiladi. Çunki zararkunandalarning qişlovçi zaxirasini kamaytiriş, kasallik manbalarini öz vaqtida bartaraf etiş va agrotexnik talablarga rioya qiliş har bir xöjalikning kundalik faoliyatida ustuvor vazifa bölişi lozim.
Şu maʼnoda, Toşkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boş boşqarmasi va uning hududiy bölimlari tomonidan olib borilayotgan işlar bir martalik tadbir emas, balki qişloq xöjaligi maydonlarida fitosanitar barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan tizimli jarayondir. Kelgusida ham boğ va dala maydonlarida profilaktik nazoratni davom ettiriş, zararkunandalarning qişlovçi bosqiçlarini kamaytiriş, aniqlangan xavf omillarini öz vaqtida bartaraf etiş hamda xöjalik yurituvçi subʼektlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar beriş belgilangan.

Zero, qişloq xöjaligida hosilni saqlaş uni yetiştirişdan oldin boşlanadi. Bugungi puxta nazorat, öz vaqtidagi profilaktika va masʼuliyatli agrotexnik yondaşuv ertangi kunning möl-köl dasturxoni uçun muhim zamin yaratadi.
A.Musayev,ÖzA