Javohir Sindorov klassik şaxmatda ketma-ket 53 ta partiyada mağlub bölmadi
Hamyurtimizning mağlubiyatsiz seriyasi 2025-yil sentabrida boşlanib, 2026-yil mayigaça, qariyb sakkiz oy davom etdi.
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov klassik şaxmat böyiça ketma-ket 53 ta partiyada mağlubiyatga uçramay, e’tiborga molik natija qayd etdi.
Hamyurtimizning mağlubiyatsiz seriyasi 2025-yil sentabrida boşlanib, 2026-yil mayigaça, qariyb sakkiz oy davom etdi.
Mazkur davrda Sindorov FIDE Grand Swiss turnirida 8 ta, Germaniya Bundesligasida 2 ta, Jahon kubogida 14 ta, Tata Steel Çess musobaqasida 14 ta, Nomzodlar turnirida 14 ta va Ruminiyadagi Super Çess Classic turnirida bitta partiyani mağlubiyatsiz yakunladi.
Ayniqsa, 2025-yilgi Jahon kubogidagi çempionlik hamda 2026-yilgi Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyat uning faoliyatida muhim örin tutdi.
Sindorov Nomzodlar turnirida 6 ta ğalaba va 8 ta durang qayd etib, musobaqa yakunlanişiga bir tur qolganida birinçi örinni kafolatladi.
Endilikda özbekistonlik grossmeyster şaxmat böyiça amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi çempionlik bahsida iştirok etadi.