Islohotlar samaradorligi va xalq işonçi uçun yölida
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning asosiy maqsadi inson qadrini uluğlaş, aholi turmuş farovonligini oşiriş, davlat boşqaruvida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş hamda har bir sohada adolatli va samarali tizimni şakllantirişdan iborat. Ayniqsa, quriliş, kommunal xizmat körsatiş va madaniy meros obʼektlarini muhofaza qiliş kabi aholi manfaatlari bilan bevosita boğliq yönalişlarda korrupsiya omillarni bartaraf etiş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi tomonidan qöllab-quvvatlangan “Halol quriliş va halol kommunal xizmat” loyihasi doirasida Navoiy viloyatida tizimli işlar olib borilmoqda.
- Loyihaning asosiy vazifasi quriliş va kommunal xizmatlar sohasida korrupsiya xavf-xatarlarni aniqlaş, ularning oldini oliş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda xodimlarda halollik va masʼuliyat tamoyillariga asoslangan kasbiy madaniyatni şakllantirişdan iborat, - deydi “Noila” ijtimoiy kömak, huquqiy tarğibot va monitoring markazi taʼsisçisi Mansur Xamidov.
Loyiha doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi komplayens xizmati rahbari A.Mustafayev bilan uçraşuv va muloqot taşkil etildi.
Uçraşuvda korxonada amalga oşirilayotgan quriliş işlarining şaffoflik mexanizmlari, sohada raqamlaştiriş jarayonlarining holati, şuningdek, işçi-xizmatçilarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş va halollik tamoyillariga munosabati atrofliça muhokama qilindi.
Muloqot davomida A.Mustafayev korrupsion xulq-atvorga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, komplayens nazoratini takomillaştiriş, kommunal va quriliş sohasida şaffoflikni taʼminlaş borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Taʼkidlanganidek, raqamlaştiriş korrupsiya xavflarini kamaytirişda muhim ahamiyatga ega. Xususan, quriliş jarayonlari, mablağlar sarflanişi, xaridlar, şartnomalar va bajarilgan işlar haqidagi maʼlumotlarning oçiq elektron tizimlarda aks ettirilişi inson omili taʼsirini qisqartirişga, hisobdorlik va jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga xizmat qiladi.

Viloyat Madaniy meros obʼektlarini muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği N.Qoldiqulov bilan bölib ötgan uçraşuvda hududdagi madaniy meros obʼektlarini davlat muhofazasiga oliş, ularning huquqiy maqomini mustahkamlaş, quriliş va taʼmirlaş işlarini taşkil etişda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularning yeçimlari atrofliça tahlil qilindi.
Taʼkidlanganidek, madaniy meros obʼektlari xalqimizning köp asrlik tarixi, milliy özligi va maʼnaviy boyligini özida mujassam etgan bebaho qadriyatlardir. Ularni muhofaza qiliş faqat biror taşkilotning vazifasi emas, balki davlat va jamiyatning umumiy masʼuliyatidir. Şu bois bunday obʼektlarda amalga oşiriladigan quriliş, taʼmirlaş va restavratsiya işlari qonunçilik talablariga qatʼiy rioya etilgan holda, mutaxassislar nazorati va jamoatçilik monitoringi asosida taşkil qilinişi muhimdir.
Uçraşuvlar yakunida özaro hamkorlikni rivojlantiriş, sotsiologik tadqiqotlarni taşkil etiş va belgilangan vazifalarni amalga oşiriş yuzasidan hamkorlikdagi tadbirlar rejasi işlab çiqildi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri