Iordaniya naşri Özbekistonning ilm-fan va innovatsiya sohasidagi islohotlarini yoritdi
Iordaniyaning “Akhbar Huna Al Alam” naşrida Özbekistonda ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maqola eʼlon qilindi. Unda mamlakatning ilmiy merosi, taʼlim va tadqiqot muassasalari tizimi, raqamli transformatsiya hamda sunʼiy intellekt sohasidagi islohotlar tahlil qilingan.
Qayd etilişiça, bugungi global raqobat şaroitida mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti köp jihatdan ilmiy salohiyat va innovatsion imkoniyatlarga boğliq. Şu bois Özbekistonda ilm-fanni rivojlantiriş, yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş va ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Muallif Markaziy Osiyoning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan hissasiga alohida töxtalgan. Xususan, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farğoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Uluğbek kabi buyuk allomalarning ilmiy merosi tilga olingan. Şuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy va Burhoniddin Marğinoniy singari mutafakkirlarning islom ilmlari rivojidagi örni alohida eʼtirof etilgan.
Maqolada 2017-yildan buyon taʼlim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida amalga oşirilgan tub özgarişlarga keng örin berilgan. Jumladan, 2017–2021-yillarga möljallangan Harakatlar strategiyasi, “Özbekiston – 2030” strategiyasi (eslatma: 2022–2026-yillar Taraqqiyot strategiyasi bilan birga), innovatsion rivojlaniş strategiyalari hamda “Raqamli Özbekiston – 2030” dasturi tahlil qilingan. “Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida”, “Innovatsion faoliyat töğrisida” hamda “Taʼlim töğrisida”gi qonunlar sohadagi islohotlarning mustahkam huquqiy asosi sifatida körsatilgan.
Naşr, şuningdek, innovatsion infratuzilma va raqamli texnologiyalar rivojiga urğu berib, mamlakat hududlarida texnoparklar, innovatsiya markazlari, yoşlar texnoparklari va IT-parklar taşkil etilganini taʼkidlagan.
Bundan taşqari, davlat rahbarining 2024-yil 14-oktabrdagi qarori bilan 2030-yilga qadar Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş strategiyasi tasdiqlanganiga alohida töxtalib ötilgan. Mazkur strategiyada 2030-yilgaça sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkaziş, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bunday texnologiyalar qöllaniladigan xizmatlar uluşini 10 foizga oşiriş hamda Özbekistonni sunʼiy intellektga tayyorlik indeksi böyiça dunyoning eng ilğor 50 davlati qatoriga kiritiş maqsadlari belgilangan.
Maqolaning yakuniy qismida innovatsion texnologiyalarning farmatsevtika, qişloq xöjaligi va energetika tarmoqlaridagi tatbiqi yoritilgan. Jumladan, mahalliy xomaşyo asosida yangi dori vositalarini işlab çiqiş, şörlaniş va qurğoqçilikka çidamli ösimlik navlarini yaratiş, quyoş va şamol energetikasini rivojlantiriş hamda Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiriş borasidagi saʼy-harakatlar yuqori baholangan.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA