Hokimlar hamda tarmoq rahbarlariga çet eldan qaytganlarga munosib iş va şaroit yaratib beriş topşirildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.
Yiğilişda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni iş bilan taʼminlaş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Yil boşidan buyon 1 million 116 ming kişi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, quriliş, logistika, xizmat körsatiş hamda qişloq xöjaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor.
Prezidentimiz xorijda yirik sanoat korxonalarida işlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini özlaştirgan mutaxassislar mamlakatimiz korxonalari uçun katta imkoniyat ekanini taʼkidladi. Hokimlar va tarmoq rahbarlari ularga munosib iş taklif qilib, bilim va tajribasidan foydalanişi lozim.
Şu maqsadda çet eldan qaytgan fuqarolarning işlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratilib, hokimlar hamda tarmoq rahbarlari foydalanadigan tizimga ulanadi.
Yil yakunigaça qaytgan 250 ming kişiga mos iş topiş, tadbirkorlik qilişni istaganlarga esa yöl-yöriq körsatib, şaroit yaratiş vazifasi qöyildi.
ÖzA