Haq sözning umri uzun
Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida ustoz ijodkor, Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligiga bağişlangan “Haq sözni aytmoq uçun...” nomli xotira keçasi bölib ötdi.
Tadbirda adibning ijodkor döstlari, adabiyotşunoslar, jurnalistlar, olimlar, ziyolilar va yoşlar jam böldi.
Xotira keçasining “Haq sözni aytmoq uçun...” deb nomlanişi bejiz emas. Çunki Odil Yoqubov butun ijodi davomida insonni, uning vijdonini, adolat va haqiqatni himoya qilişga intildi. Uning asarlarida inson taqdiri, maʼnaviy tanlov, vijdon va adolat masalalari çuqur badiiy talqin etilgan.
Tadbir davomida adibning hayot va ijod yöliga nazar taşlandi. 1926-yil 20-oktabrda Qozoğistonning Turkiston viloyatidagi Qarnoq qişloğida tuğilgan Odil Yoqubovning hayoti oson keçmagan. Hali maktabni tugatmagan yigitning 1945-yilda ixtiyoriy ravişda frontga ketişi, uruşdan keyin Port-Arturda harbiy xizmatni davom ettirişi uning hayot yölidagi muhim bosqiçlardan edi. Keyinçalik Örta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, rus filologiyasi böyiça imtiyozli diplom bilan öqişni tamomladi.
Uning ijodiy va mehnat faoliyati adabiyot, jurnalistika, naşriyot va jamoatçilik hayoti bilan çambarças boğliq böldi. “Literaturnaya gazeta”ning Özbekistondagi maxsus muxbiri, “Özbekfilm” kinostudiyasi boş muharriri, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi boş muharriri, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi boşqaruvining birinçi kotibi sifatidagi faoliyati davomida ham u qalam va söz masʼuliyatini hamişa ustuvor bildi.
Odil Yoqubov ijodida tarixiy mavzular alohida örin tutadi. “Uluğbek xazinasi” va “Köhna dunyo” romanlarida tarix şunçaki ötmiş voqealari bayoni emas, balki bugungi kun uçun ham muhim savollar qöyadigan badiiy tafakkur maydoniga aylanadi. Maʼrifat va jaholat, hokimiyat va adolat, inson va zamon munosabatlari adib qalamida çuqur tahlil etiladi.
Xotira keçasida yozuvçining nafaqat tarixiy romannavis, balki kuçli ruhşunos adib, dramaturg, publitsist va mohir tarjimon sifatidagi ijodiy qirralari ham eʼtirof etildi. “Muqaddas”, “Er boşiga iş tuşsa...”, “Bir feleton qissasi”, “Matluba” kabi asarlari uning ijodiy olami naqadar keng bölganini körsatadi.
Tadbirda adib merosini bugungi avlodga yetkaziş borasida amalga oşirilayotgan işlarga ham eʼtibor qaratildi. Joriy yilda Odil Yoqubovning badiiy asarlari köp jilddan iborat töplam şaklida naşr etilgani, “Uluğbek xazinasi” romanining ingliz tiliga qayta tarjima qilinib, xorijiy elektron platformalarda taqdim etilayotgani uning ijodiga qiziqiş xalqaro miqyosda ham davom etayotganidan dalolat beradi.
[gallery-32745]
Odil Yoqubovning adabiyot va jamiyat oldidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati, “Döstlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi edi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2026-yilda adib tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlanişi uning milliy adabiyotimiz va maʼnaviyatimiz rivojiga qöşgan ulkan hissasiga berilgan yuksak eʼtirof böldi.
Xotira keçasi yana bir haqiqatni yodga soldi – insonning umri yillar bilan ölçansa, ijodkorning umri u qoldirgan asarlar, uyğotgan fikrlar va qalblarda qoldirgan izi bilan ölçanadi.
Nazokat Usmonova,
Nosirjon Haydarov (surat),
ÖzA