Hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi
Zarafşon şahar hokimi Nazirbek Rahmanov “UZCOPPER HOLDING” kompaniyasining texnik direktori Artur Ziyaziddinov boşçiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uçraşdi.
Şahar hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilişiça, uçraşuvda kompaniya yönalişlari, Mining faoliyati, “Muruntov” konida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan konçilik va foydali qazilmalarni qazib oliş işlari atrofliça muhokama qilindi.
Muzokaralarda konçilik sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, işlab çiqariş jarayonlari samaradorligini oşiriş, mavjud texnik va texnologik imkoniyatlardan oqilona foydalaniş hamda istiqboldagi hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.
Kompaniya “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ pudratçisi sifatida “Muruntov” konining ğarbiy, janubiy va janubi-şarqiy uçastkalarida qoplama toğ jinslarini burğilaş, ekskavatsiya qiliş, taşiş va ularni janubiy hamda şarqiy ağdarmalarga joylaştiriş işlarini amalga oşiradi. Şuningdek, loyiha doirasida zamonaviy vaxta şaharçasi (1000 kişilik), taʼmirlaş bazasi, yoqilği-moylaş materiallari ombori hamda avtonom suv taʼminoti va tozalaş inşootlarini öz içiga olgan xizmat körsatuvçi infratuzilma barpo etilişi rejalaştirilgan.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri