Hamkorlik davom etadi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Farhod Ermanov Xitoyning “Xenke” guruhi hamda Özbekistondagi hamkor “Huaxay Quriliş kompaniyasi” masʼuliyati çeklangan jamiyati vakillari bilan uçraşdi.
Muloqot davomida Nukus şahrida xalqaro intellektual savdo köçasini taşkil etiş loyihasi taqdimoti ötkazilib, uning konsepsiyasi, investitsiya hajmi, infratuzilmasi va şaharning savdo hamda turizm salohiyatini rivojlantirişdagi örni muhokama qilindi.
Dastlabki loyihaga köra, umumiy quriliş maydoni 296 ming kvadrat metr bölgan savdo va xizmat körsatiş majmuasini barpo etiş rejalaştirilmoqda. Loyihaga 150 million AQŞ dollaridan ortiq investitsiya jalb etilişi, majmua tarkibida savdo obʼektlari, mehmonxona, turistik va turar joy maskanlari hamda zamonaviy intellektual tizimlar taşkil etilişi közda tutilgan.
Loyiha amalga oşirilişi natijasida qariyb 1000 ta savdo subʼekti faoliyati yölga qöyilişi va 3 mingdan ortiq yangi doimiy iş örni yaratilişi kutilmoqda. Bu esa şaharda savdo, xizmat körsatiş, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Uçraşuvda loyihani amalga oşirişning huquqiy va taşkiliy jihatlari, yer va infratuzilma masalalari, investitsiya jarayonlarini muvofiqlaştiriş, şuningdek, mahalliy aholini iş bilan taʼminlaş va mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlik qiliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar loyihani belgilangan tartibda amalga oşiriş, qonunçilik talablariga qatʼiy rioya qiliş hamda Nukus şahrining iqtisodiy va turistik salohiyatini yanada yuksaltirişga qaratilgan hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldilar.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri