Gaz ballon narxi oşdi, lekin yetkazib beriş muddati qisqaradi
Samarqand viloyatida bugungi kunda 526 mingdan ortiq isteʼmolçiga oyiga 7729 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. 15-noyabrdan boşlab bu vazifa “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati taʼsisçiligida taşkil etilgan “LPG-Trade” masʼuliyati çeklangan jamiyati Samarqand filiali tomonidan amalga oşirilmoqda.
– Davlatimiz rahbarining şu yil 12-sentabrdagi qarorida aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaşning barqaror tizimini şakllantiriş, sohada raqobat muhitini rivojlantiriş, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş hamda davlat tomonidan körsatiladigan ijtimoiy qöllab-quvvatlaşning samaradorligi hamda manzilliligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar belgilangan edi, – deydi “LPG-Trade” masʼuliyati çeklangan jamiyati Samarqand filiali bölim boşliği Maʼruf Pardayev. – Jumladan, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş sohasidagi funksiyalarni ixtisoslaştiriş, uşbu faoliyatning moliyaviy şaffofligini taʼminlaş va bozor munosabatlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsisçiligida “LPG-Trade” masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyati yölga qöyildi. Şuningdek, 2026-yil 15-noyabrdan boşlab aholi uçun suyultirilgan gazning çakana sotiş narxi har bir kilogramm uçun qöşilgan qiymat soliği bilan 5 ming söm etib belgilandi. Şu paytgaça bu narx 2 ming söm edi va bitta maişiy ballon uçun isteʼmolçilar 40 ming sömdan tölovni amalga oşirardi. Endilikda 100 ming söm böldi.
Bundan buyon jamiyat birjadagi erkin savdodan suyultirilgan gazni xarid qilib, isteʼmolçilarga kilogrammini 5 ming sömdan yetkazib beradi. Lekin aholiga çakana narxlarda suyultirilgan gaz yetkazib beriş bilan boğliq iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlarni qoplaş uçun “LPG-Trade”ga respublika byudjeti mablağlari hisobidan subsidiya ajratiladi.
Qarorda belgilanganidek, aholining ehtiyojmand qatlamini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida suyultirilgan gaz sotib olgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, şuningdek, uşbu reyestrga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli böyiça reyestrdagi oilalar mezonlariga töğri keluvçi, oiladagi jon boşiga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki baravaridan oşmaydigan oilalar, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalarga 2030-yil 1-yanvarga qadar xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun 100 ming sömga xarid qilingan suyultirilgan gaz ballonning 60 ming söm puli kompensatsiya sifatida tölab beriladi.
Uşbu toifadagi isteʼmolçilar kompensatsiya oliş uçun bevosita davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilgan holda yoki oila yaşaydigan mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali, şuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravişda murojaat qilib, belgilangan sörovnomani töldiradi. Murojaat qiluvçining oilasi kompensatsiya oluvçi oilalar toifasiga mansubligi va suyultirilgan gaz xarid qilinganligi aniqlanganda, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ariza berilgan oydan kompensatsiya tayinlaş töğrisidagi qaror avtomatik tarzda şakllantiriladi. Keyinçalik şu röyxat asosida isteʼmolçining ijtimoiy kartasiga har oy kompensatsiya tölab boriladi.
Yangi tartibga köra, endilikda bitta turar joy xonadonida ikki va undan ortiq oila yaşaydigan bölsa va xonadonda texnik talablarga mos bölgan alohida-alohida (yoki umumiy) gaz plitasi hamda oşxona mavjud bölganda, bitta kadastr raqamiga ega bölgan holatda ham, istisno tariqasida, har bir oilaga alohida bittadan maişiy gaz ballon ajratiladi. Bunda “Mahalla yettiligi” va gaz taʼminoti xodimlari tomonidan öşa xonadon örganilib, dalolatnoma rasmiylaştiriladi.
Maʼruf Pardayevning taʼkidlaşiça, hozirda viloyatda yangi tartib asosida aholiga suyultirilgan gazni yetkazib beriş yölga qöyilgan va ayni paytda barça mahallalarda belgilangan jadval böyiça gaz tarqatilmoqda. Yaqin orada gaz ballonni 45 kun oraliqda yetkazib beriş grafigiga tuşib oliş va keyinçalik bu muddatni bir oygaça qisqartirişga erişiladi. Buning uçun filialga qaraşli gaz töldiriş şoxobçalari va 130 ta texnika imkoniyatidan samarali foydalanilmoqda.
Kelgusida tizimga xususiy tadbirkorlik subʼektlarini ham jalb qiliş közda tutilgan.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri