Ğalabalarga ğov bölayotgan doping masalasi muhokama qilindi
Jahon çempionatlari yoki Olimpiya öyinlarida sovrinli örinlarni egallagan sportçida doping aniqlansa, uning oqibatida nafaqat sportçi, mamlakat katta yutuqdan bebahra qoladi, uning ortidan davlatning tegişli sport taşkilotiga katta miqdorda jarima tayinlanadi, mamlakatning xalqaro obrö-eʼtiboriga salbiy taʼsir körsatadi.
Şu jihatdan, professional sportda dopingga qarşi kuraşiş faqatgina muayyan taşkilotning vazifasi emas, balki sohada faoliyat yuritayotgan barça tuzilmalar va mutaxassislarning umumiy masʼuliyati hisoblanadi.
Dopingning oldini oliş, sportçilar örtasida antidoping madaniyatini şakllantiriş va profilaktik tadbirlarni olib boriş xalqaro sport maydonlaridagi ğalabalarni taʼminlaşning eng muhim omillaridan biri sanaladi.
Milliy olimpiya qömitasida “Yangilanayotgan Kodeks va xalqaro standartlar: taʼlim, ADAMS va terapevtik istisno” mavzusida ötkazilgan xalqaro vebinarda şu haqda söz bordi.
Vebinarda qatnaşgan Özbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Özbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abduşukur Sodiqov, Milliy paralimpiya qömitasi boş kotibi Farux Ahmedov, Butunjahon antidoping agentligining Osiyo va Okeaniya mintaqaviy ofisi direktori Yaya Yamamoto sportçilarni dopingdan himoya qiliş eng ustuvor masalalardan biri ekanligini taʼkidlaşdi.

Tadbirda sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari vakillari, hududlardan taşrif buyurgan murabbiylar va sport şifokorlari bevosita, şuningdek, hududlarda faoliyat yuritayotgan boşqa masʼullar onlayn tarzda iştirok etdi.
Vebinarda Özbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari, qitʼaning yetakçi ekspertlari öz maʼruzalari bilan iştirok etdi.
Xususan, WADAning Osiyo va Okeaniya mintaqaviy ofisi direktori Ya. Yamamoto, Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping taşkiloti direktori V. Abdulla, Turkiya antidoping assotsiatsiyasi direktori U. Kayikçi xalqaro tajriba va sohadagi yangilanişlar yuzasidan öz taqdimotlarini namoyiş etdi.

Maʼruzalar davomida 2027-yildan kuçga kiradigan yangilangan Butunjahon antidoping kodeksi va xalqaro standartlarda nazarda tutilgan özgarişlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan, ADAMS tizimidagi yangilanişlar va undan samarali foydalaniş, terapevtik istisnolarni rasmiylaştirişning yangilangan tartiblari, antidoping taʼlimi yönalişidagi özgariş va qöşimçalar, sportçilarning huquq va majburiyatlari hamda yangi talablarni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan keltirilgan maʼlumotlar va amaliy misollar iştirokçilarga yangilangan talablarning mazmun-mohiyatini çuqurroq anglaş, ularni kundalik faoliyatda töğri qöllaş imkonini taqdim etadi.
T. Röziyev, ÖzA