Fazliddin Erkinboyev - Osiyo o‘yinlari sovrindori
Yaponiya mezbonlik qilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha yarim final janglari o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Fazliddin Erkinboyev -80 kilogramm vazn toifasida ishtirok etdi. Yarim final bahsida hamyurtimiz hindistonlik Ankushga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Darvoqe, -60 kg. vazndagi vakilimiz Abdumalik Xalakov yarim final bahsida mezbonlar vakili Shunsuke Kitamotoga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 13 ta oltin, 17 ta kumush va 14 ta bronza, jami 44 ta medal bor.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA