Ellikqal’ada paxta yig‘im-terimi davom etmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallada. Yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish, mavsumni yuqori natijalar bilan yakunlash maqsadida dala maydonlarida zamonaviy texnikalardan samarali foydalanilmoqda.
Joriy yilda tumanda qariyb 8 ming 700 gektar maydonga chigit ekildi. Ayni paytda dalalarda paxta yig‘im-terimi jadal davom etmoqda. Mavsumni o‘z vaqtida yakunlash uchun 20 ga yaqin zamonaviy paxta terish mashinasi jalb etilgan. Ular yordamida hosil tezkorlik bilan yig‘ib olinib, qabul punktlariga yetkazilmoqda.
[gallery-32157]
Mavsum yakuniga qadar tumanda davlatga qariyb 43 ming tonna paxta xomashyosi topshirish belgilangan. Paxtakorlar, soha mutaxassislari va mexanizatorlar hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olish hamda belgilangan vazifalarni bajarish uchun sa’y-harakat qilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat va video), O‘zA