Dunyo suratlarda
ÖzA öquvçilarni jahonda sodir bölgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etişda davom etadi.

Bangladeş. Ğozipur şahrida iş haqini oşiriş talab qilingan namoyiş ötkazayotgan töqimaçilik korxonasi işçilari va xavfsizlik kuçlari örtasida töqnaşuv yuz berdi. Iş taşlaş sabab, mamlakatning asosiy tikuvçilik hududidagi önlab fabrika faoliyati töxtagan.

Ispaniya. Barselona şahridagi “Hospital del Mar” şifoxonasida hayot sifatini yaxşilaşga qaratilgan taşabbus doirasida jonlantiriş bölimida davolanayotgan bemorlar dengiz sohiliga sayrga olib çiqildi.

Şotlandiya. Edinburg şahrida iqlim faollari mamlakat parlamenti binosi oldida namoyiş ötkazdi. Olomon “Rosebank” neft konini özlaştiriş böyiça taklif muhokamasi oldidan ekologik talab bilan çiqişdi.

Xitoy. Şenjen şahrida işçi robotni tekşiryapti.

Filippin. Manila şahrida Tramp taşrifiga qarşi namoyiş ötkazayotgan faollar Malakanyang prezident saroyi yaqinidagi yuriş davomida AQŞ bayroqlarini yoqdi.

Hindiston. Puşkar şahrida har yili ötkaziladigan tuya yarmarkasi doirasida taşkil etilgan raqs musobaqasida çöpon öz jonivori bilan çiqiş namoyiş etmoqda.

Nepal. Katmandu şahrida tumanli kun: odamlar osma köprikdan ötyapti.

Falastin. Ğazoning Jabaliya hududida falastinlik muvaqqat boşpana içida velosiped ğildiragining teşilgan joyini taʼmirlayapti.

Filippin. Manila şahrida ötkazilayotgan Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) 49-sammiti davomida namoyişçilar “Uruş jinoyatçilariga bu yerda örin yöq” va “Tramp, ket!” şiorlarini kötarib turibdi.

Avstraliya. Rojdestvo orolida migratsiya davri: qizil qisqiçbaqalar yölni kesib ötyapti.

Belgiya. Bryussel şahrida Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan uyuştirilgan namoyişda politsiya xodimi fuqaroni qölga oldi. Talabalar öqiş uçun tölov kötarilişi, taʼlimni moliyalaştiriş qoidasiga kiritilgan özgariş va turmuş xarajati ortişiga qarşi norozilik bildirmoqda.
Fardona Yaxşiboyeva, ÖzA