Davlatimiz rahbari Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş işlari bilan tanişdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Qöşmadrasa ansambliga taşrif buyurdi.
Abdullaxon madrasasi XVI asr özbek meʼmorçiligining nodir namunalaridan biri, 1588-1590-yillarda Buxoro xonligining Şayboniylar sulolasidan çiqqan hukmdori, buyuk sarkarda va davlat arboblaridan biri Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.

Madrasa rejasi va içki tuzilişi murakkab muhandislik yeçimi bilan anʼanaviy Buxoro madrasalaridan farq qiladi. Majmuaning boş kiriş qismi janubga qaragan bölib, u kök rangli koşin va sirli naqşlardan terilgan geometrik mozaika bilan bezatilgan.

XVI asrda madrasa Movarounnahrning eng yirik va nufuzli oliy taʼlim va ilm-fan markazlaridan biri bölgan. Bu yerda ilmi toliblarga diniy va dunyoviy fanlardan dars berilgan. Xususan, madrasada Qurʼon, tafsir, hadis, fiqh, aqoid bilan bir qatorda arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya, tibbiyot fanlari çuqur öqitilgan.

Ansamblning janubiy qismida 1566-1567-yillarda Abdullaxon II tomonidan öz onasi şarafiga bunyod etilgan Modarixon madrasasi joylaşgan. Madrasalar bir-biriga qarama-qarşi, bir öq çiziğida qurilgan.
Qöşmadrasa ansambli 2023-2024-yillarda qiymati 6 milliard sömlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Bugungi kunda mazkur ansamblga 1 million sayyoh taşrif buyurmoqda.

Davlatimiz rahbariga Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş rejasi taqdimot qilindi.
Prezidentimiz sayyohlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan körsatmalar berdi.