CBS: AQSH armiyasi Kubada harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rmoqda
AQSH qo‘shini Kubada ehtimoliy harbiy amaliyot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar bergan “CBS News”, armiya ichki hujjati va manbalarga tayanib.
Ayni payt Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek Karib dengizini birlashtirgan Janubiy qo‘mondonlik muayyan hududga aloqa va muhandislik bataloni, logistika qo‘mondonligi, tibbiy guruh, jarrohlik-jonlantirish bo‘limi va harbiy politsiya brigadasini o‘z ichiga olgan 6 turdagi bo‘linma joylashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Manbalarga ko‘ra, bu bo‘linmalar xizmati 90-120 kun ichida talab qilinishi mumkin.
– Hisobotda Kuba aniq tilga olinmagan bo‘lsa-da, mazkur so‘rov ushbu orol-davlatga nisbatan ishlab chiqilayotgan harbiy rejaga tegishli, – deya ta’kidlangan maqolada.
AQSH Janubiy qo‘mondonligi maxsus hududiga joylashtirilishi kutilayotgan qo‘shin tarkibi, askar soni va joylashuv manzili hali aniqlanmagan.
S.Rahimov, O‘zA