Buxoro mahallalari obod va körkam qiyofa kasb etmoqda
Buxoro şahridagi Sayfiddin Bahorziy va Şayx ul olam mahallalarida Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi Boğimaydon mahallasi tajribasi asosida keng kölamli obodonlaştiriş va bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda.
Loyiha doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi uçun qulay yaşaş şaroitlarini yaratiş, hududlarni obodonlaştiriş va ijtimoiy obʼektlarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Xususan, Sayfiddin Bahorziy mahallasida yangi mahalla binosi, yoşlar kutubxonasi, jamoat maskani va zamonaviy bolalar öyin maydonçasi barpo etilmoqda. Şuningdek, köp qavatli turar joylarning 6 ta fasadiga zamonaviy tasvirlar tuşiriş işlari yakuniy bosqiçga yetgan.
[gallery-32303]
Hududda 9 ming kvadrat metr piyodalar yölaklarini quriş işlari davom etmoqda. Şuningdek, 3,3 kilometr suğoriş tarmoği barpo etildi. 32 ta köp qavatli uyning taşqi va içki qismlarini taʼmirlaş hamda 18 ming kvadrat metr maydondagi içki yöllarga asfalt yotqiziş işlari yakunlaniş arafasida.
Aholi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida 24 ta videokuzatuv kamerasi örnatilib, foydalanişga topşirildi. Köp qavatli uylarning 44 ta kiriş eşigiga zamonaviy kodli qulflar örnatilmoqda.
Mahallalarda manzarali daraxtlar ekiş, favvoralar barpo etiş va hududlarni kökalamzorlaştiriş işlari ham olib borilmoqda. Xususan, mahallaga kiriş qismida uning nomi aks ettirilgan zamonaviy oçiq darvoza qurildi.
Loyihada aholi bandligini taʼminlaş ham nazarda tutilgan. Hududlarda yangi savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarini taşkil etiş hisobidan 240 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan.
Amalga oşirilayotgan işlar mahallalar qiyofasini yangilaş, aholi turmuş şaroitlarini yaxşilaş va hududlarda qulay muhit yaratişga xizmat qiladi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA