Britaniya va Germaniya jang maydonini SIga işonib topşirmoqçi
Buyuk Britaniya va Germaniya 2027-yildan boşlab qurolli kuçlarda sunʼiy intellekt texnologiyasini birga sinovdan ötkaziş, işlab çiqiş va joriy etişni rejalaştirdi. Bu haqda Qirollik mudofaa vaziri Uyes Striting maʼlum qildi. Hamkorlik doirasida tomonlarning mavjud “Cyber Lighthouse” xavfsizlik loyihasi ham yangi yönaliş bilan kengaytiriladi.
Ikki mamlakat hukumati vakillari hamda mudofaa sanoati mutaxassislari 2027-yil bahorida uçraşib, loyihani amalga oşiriş mexanizmini işlab çiqadi. Hozirça aniq texnologiya, dastur va moliyalaştiriş hajmi eʼlon qilinmagan.
Striting taʼkidlaşiça, 2024-yil mudofaa sohasida kelişuv imzolanib, GFR kompaniyalari Britaniya mudofaa sanoatiga 800 million funt sterling sarmoya kiritiş majburiyatini olgan.
Xalqaro Qizil Xoç qömitasi esa harbiy SI sohasida qurollaniş poygasi kuçayib borayotganidan ogohlantirib, avtonom qurol tizimini huquqiy tartibga solişga çaqirmoqda.
Musulmon Ziyo, ÖzA