Britaniya birinchi ixtisoslashgan sun’iy yo‘ldosh mudofaa bo‘linmasini tashkil etdi
Qirollik havo kuchlari III kosmik ta’sir eskadroni (III Space Effects Squadron)ni yaratdi. Bu mamlakat sun’iy yo‘ldoshlari va koinotdagi manfaatini dushman aralashuvi va hujumidan himoya qilish vazifasi yuklatilgan birinchi maxsus kuchlar bo‘linmasi bo‘ladi.
Eskadron raqibning samoviy faoliyatini, jumladan, elektron urush orqali buzadi, yomonlashtiradi yoki to‘sib, ham mudofaa, ham hujum vazifasini bajaradi.
Yangi bo‘linma qurolli kuchlarning barcha darajalaridan mutaxassislarni birlashtiradi. Ikki RAF qo‘shini esa koinot kuzatuvi va tahdiddan ogohlantirish uchun javobgar bo‘ladi. III-sonli ta’sir eskadroniga xatarga bevosita qarshi turish vazifasi yuklatiladi.
Britaniya rasmiylari sun’iy yo‘ldoshlar milliy xavfsizlik, aloqa, navigatsiya va raketa haqida ogohlantirish uchun juda muhimligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga London fazodan tinch maqsadda va barqaror foydalanishga sodiqligini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA