Aydarköl sohilida ilk bor xalqaro yuguriş marafoni ötkazildi
Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “Arnasoy Resort” majmuasi va Aydarköl sohilida ilk bor “Arnasoy Marafoni – 2026” xalqaro yuguriş musobaqasi bölib ötdi.
Viloyat va tuman hokimliklari, sport, yoşlar hamda turizm sohasiga masʼul taşkilotlar hamkorligida ötkazilgan mazkur tadbir “Global Run & Walk Challenge” loyihasi doirasida taşkil etildi.
Musobaqadan közlangan asosiy maqsad aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ommaviy sportni yanada rivojlantiriş, şuningdek, hududning ekoturizm imkoniyatlarini keng namoyiş etişdan iborat.
Xalqaro sport tadbirida professional sportçilar, yuguriş işqibozlari, yoşlar, talabalar va xorijlik sayyohlar iştirok etdi. Iştirokçilar 3, 5 va 10 kilometrlik masofalarda özaro kuç sinaşdi.
[gallery-32309]
Qizğin va murosasiz keçgan bahslar yakunida har bir masofa böyiça ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Jumladan, 3 kilometrlik masofada erkaklar örtasida Uçqun Aktamov, ayollar örtasida Dinara Ozodova ğoliblikni qölga kiritdi. 5 kilometrlik masofada erkaklar örtasida Şohruh Karimov, ayollar örtasida esa Madinabonu Xurozova birinçi örinni egalladi. 10 kilometrlik masofada esa erkaklar örtasida Nurziyo Begaliyev, ayollar örtasida Diana Yarasova ğolib deb topildi.
— Aydarkölning betakror tabiati, musaffo havosi musobaqa iştirokçilariga özgaça kayfiyat bağişladi, - deydi 10 kilometrlik masofa ğolibi Nurziyo Begaliyev. — Bellaşuvda kuçli raqiblar iştirok etgani bois ğoliblik uçun kuraş qizğin keçdi. Şunday nufuzli sport tadbirida iştirok etib, birinçi örinni egallaganimdan xursandman. Bu kabi musobaqalar yoşlarni sportga keng jalb etiş, soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş va sportçilarni yangi yutuqlar sari ruhlantirişda muhim ahamiyatga ega.
Taʼkidlaş joiz, Aydarköl sohilida ilk bor ötkazilgan mazkur xalqaro yuguriş musobaqasi nafaqat sport ixlosmandlarini birlaştirdi, balki hududning tabiiy va turistik salohiyatini keng tarğib etişga ham xizmat qildi.
Jamşid YORBEKOV (surat), ÖzA