Asila Mirzayorova "APC" atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzod
Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (APC) Aichi-Nagoya-2026 yozgi Para Osiyo o‘yinlari davomida Atletlar komissiyasi a’zoligiga saylanadigan nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
2026–2030-yillar davomida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Ijroiya kengashi tarkibida ish olib boradigan Atletlar komissiyasi a’zoligiga 10 nafar nomzod ko‘rsatildi.
E’tiborli jihati, ular orasida mahoratli para sportchimiz, para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempioni, 2024-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Asiliya Mirzayorova ham bor.
Atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular 10 ta davlat vakillaridan iborat.

Barchasi Osiyo va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan matonatli para sportchilar sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 18-24-oktabr kunlari Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan V Para Osiyo o‘yinlarida qit’aning 45 mamlakatidan 4 ming nafarga yaqin para atlet 18 ta sport turida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA