Alisson Beker «Liverpul» tarixida noyob natijani qayd etdi
Belgiyaning «Bryugge» jamoasiga qarşi safarda keçgan uçraşuvning 83-daqiqasida braziliyalik posbon uzoq masofaga töp uzatib, Aleksandr Isakni qulay vaziyatga olib çiqdi.
Angliyaning «Liverpul» klubi darvozaboni Alisson Beker Yevropa Çempionlar ligasining 5-turida öz nomini klub tarixiga yozdirib qöydi.
Belgiyaning «Bryugge» jamoasiga qarşi safarda keçgan uçraşuvning 83-daqiqasida braziliyalik posbon uzoq masofaga töp uzatib, Aleksandr Isakni qulay vaziyatga olib çiqdi. Şvetsiyalik hujumçi dublni rasmiylaştirib, bahsdagi yakuniy hisobni örnatdi — 3:0.
Şu tariqa, Alisson Çempionlar ligasida golli uzatmani amalga oşirgan «Liverpul» tarixidagi birinçi darvozabonga aylandi.
Bu braziliyalik posbonning mersisaydliklar safida barcha musobaqalar doirasidagi törtinçi golli uzatmasi böldi. U avvalgi uçta assistini Muhammad Salohga amalga oşirgan edi.
Alisson mazkur körsatkiç böyiça «Liverpul»ning sobiq darvozabonlari Pepe Reyna va Bryus Grobbelarga yetib oldi.
«Bryugge» ustidan qozonilgan ğalabadan söng Angliya klubi Çempionlar ligasi turnir jadvalida beşinçi poğonaga kötarildi.