Abu-Dabi muzokarasidan nima kutilyapti? (+video)
Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Moskva, Kiyev va Vaşington Rossiya – Ukraina nizosini tugatiş böyiça muzokarani tiklamoqçi. Uçraşuv 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida bölib ötadi. Bu haqda "VVS" naşri xabar bermoqda.
Muzokara boşlanişidan oldin Rossiya, Ukraina va AQŞ rasmiylari uçraşuvda birinçi navbatda, xavfsizlik masalasi muhokama qilinişini aytdi.
Qayd etilişiça, anjumanda faqat Moskva va Kiyev emas, balki butun qitʼa xavfsizligiga daxldor masalalar ham körib çiqilişi kutilyapti. Şu bois, Yevropa davlatlari hukumatlari ham Birlaşgan Arab Amirliklariga öz vakillarini yubormoqda.
Bir neça kun oldin Donald Tramp Vaşingtonda Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan uçraşdi. Suhbatdan söng Amerika yetakçisi tez orada “yirik va ajoyib kelişuv”ga erişilişiga işonç bildirdi.
Rossiya rasmiylari ham BAAda xavfsizlik kafolati masalasi kötarilişini tasdiqladi.
– Abu-Dabidagi muzokara kun tartibining birinçi masalasi Rossiya, Ukraina va umuman, mintaqadagi xavfsizlikka daxldor, – dedi RF taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov. – Biz bunday yondaşuvni faqat qöllab-quvvatlaymiz.
Vladimir Zelenskiy esa butun Yevropa emas, aynan Ukraina xavfsizligiga taalluqli kafolat muhimligini taʼkidladi.
“The New York Times” maʼlumotiga köra, Rossiya, Ukraina va AQŞ bu gal öt oçişni töxtatiş masalasini muhokama qilmaydi.
Kreml avval ham ziddiyatni töliq yakunlaş böyiça kelişuv imzolanmagunça, Moskva harbiy harakatda vaqtinça tanaffus qilişdan manfaatdor emasligini bir neça bor bildirgan.
Kenja Bekjonov,
Iskandar Ismatov (video),
ÖzA