Abdusalom Xatamov: Oliy darajadagi tarixiy taşrif Özbekiston va Ömon aloqalarida yangi istiqbollarni oçadi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan joriy yilning 16–17-noyabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi. Masqat şahrida ötkaziladigan oliy darajadagi muzokaralar ikki tomonlama strategik muloqotni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgani bilan alohida siyosiy ahamiyat kasb etadi. Sammit yakunlari böyiça qator muhim hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.
Uşbu tarixiy taşrif arafasida Özbekiston Respublikasining Ömon Sultonligidagi Favqulodda va muxtor elçisi Abdusalom Xatamov ÖzA muxbirining savollariga eksklyuziv suhbat şaklida javob berib, ikki davlat örtasidagi köp qirrali aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
– Hurmatli elçi, suhbatimiz avvalida Özbekiston va Ömon Sultonligi örtasidagi diplomatik munosabatlarning bugungi holatiga töxtalsangiz. Sönggi yillarda ikki mamlakat örtasidagi siyosiy muloqot qanday rivojlanmoqda va hamkorlikning qaysi yönalişlarida sezilarli özgarişlar kuzatilmoqda?
– Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi va Ömon Sultonligi örtasidagi munosabatlar özaro hurmat, işonç hamda muştarak manfaatlar asosida izçil rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlaşni istardim. Mamlakatlarimiz örtasida qaror topgan döstona aloqalar va konstruktiv siyosiy muloqot ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Sönggi yillarda Özbekiston va Ömon örtasidagi siyosiy muloqot mutlaqo yangi surʼat kasb etdi. Xususan, yuqori darajadagi taşriflar va muntazam uçraşuvlar ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini mazmunan boyitib, şeriklikning yangi ufqlarini belgilaşga xizmat qilmoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining 2024-yilda Masqatga hamda Ömon Sultonligi taşqi işlar vazirining 2025-yilda Toşkentga amalga oşirgan taşriflari alohida örin tutadi.
Şuningdek, taşqi siyosat idoralari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlar muntazam muloqotni taʼminlaşning samarali mexanizmiga aylandi. Uşbu maslahatlaşuvlarning töqqizinçi raundi joriy yil 30-iyun kuni Masqat şahrida bölib ötdi. Avvalgi, sakkizinçi raund esa 2025-yil sentabr oyida Toşkentda ötkazilgan edi. Bunday muloqotlar davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almaşib, özaro manfaatli hamkorlikni çuqurlaştiriş istiqbollarini muhokama qilib kelmoqda.
Iqtisodiy hamkorlikka kelsak, ayni paytda mavjud salohiyatdan töliq foydalaniş va amaliy natijalarni köpaytirişga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş, transport-logistika, infratuzilma, energetika, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida istiqbolli loyihalarni röyobga çiqariş uçun keng imkoniyatlar mavjud.
Bundan taşqari, madaniy-gumanitar riştalarni mustahkamlaş, taʼlim va turizm yönalişlaridagi almaşinuvlarni faollaştiriş ham muhim ahamiyatga ega. Zero, xalqlarimiz örtasidagi yaqinlik davlatlararo munosabatlarning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi. Umuman olganda, Özbekiston va Ömon örtasidagi aloqalar bugun anʼanaviy siyosiy muloqot bilan çeklanib qolmay, iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarni qamrab olgan köp qirrali şeriklik sifatida boyib bormoqda.
– Ömon taşqi siyosatida muvozanatli diplomatiya, muloqot va tinç yöl bilan kelişuvga erişiş tamoyillari ustuvor örin tutadi. Özbekistonning oçiq va pragmatik taşqi siyosati bilan uşbu yondaşuvlar örtasida qanday umumiy jihatlarni körasiz?
– Fikrimça, Özbekiston va Ömonning taşqi siyosiy konsepsiyalarini yaqinlaştiruvçi eng muhim omillar — davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiliş, içki işlarga aralaşmaslik, nizolarni tinç yöl bilan bartaraf etiş hamda xalqaro munosabatlarda konstruktiv muloqot va özaro anglaşuvga tayanişdir.
Ömon Sultonligi özining vazmin va pragmatik diplomatiyasi, murakkab mintaqaviy hamda xalqaro vaziyatlarda turli tomonlarni muzokaralar stoli atrofida birlaştirişga qaratilgan vositaçilik saʼy-harakatlari bilan jahon hamjamiyatida alohida nufuzga ega. Ayniqsa, mintaqaviy ziddiyatlarni siyosiy-diplomatik yöl bilan hal etiş, özaro işonç muhitini şakllantiriş va murosali yeçimlar topiş borasidagi Ömon tajribasini yuksak qadrlaymiz.
Özbekiston ham öz taşqi siyosatida oçiqlik, pragmatizm va konstruktiv hamkorlik tamoyillariga sodiqdir. Mamlakatimiz mintaqada tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, yaxşi qöşniçilik aloqalarini rivojlantiriş, mavjud masalalarni özaro hurmat va manfaatlar muvozanati asosida hal etiş tarafdori. Biz xalqaro maydonda qarama-qarşilikni kuçaytiriş emas, balki tinçlikparvar taşabbuslarni ilgari suriş va şeriklik uçun yangi imkoniyatlar oçiş muhim, deb hisoblaymiz.
Şu nuqtai nazardan, Özbekiston va Ömonning taşqi siyosiy qaraşlarida çuqur muştaraklik mavjud. Har ikki davlat diplomatiyani nafaqat ikki tomonlama aloqalarni kengaytiriş, balki keskinlikni yumşatiş, mojarolarning oldini oliş va barqaror taraqqiyotga erişişning asosiy vositasi sifatida köradi.
– Özbekiston Markaziy Osiyoda, Ömon esa Arabiston yarimorolida muhim geostrategik mavqega ega. Bugungi murakkab xalqaro şaroitda mamlakatlarimizning BMT, Islom hamkorlik taşkiloti va boşqa köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorligini yanada kengaytiriş uçun qanday istiqbollar mavjud?
– Har ikki davlatning geografik joylaşuvi, mintaqaviy jarayonlardagi örni va taşqi siyosatdagi konstruktiv yondaşuvlari köp tomonlama şeriklikni çuqurlaştiriş uçun keng imkoniyatlar oçib beradi. Özbekiston Markaziy Osiyoda, Ömon esa Arabiston yarimoroli va Hind okeani havzasida strategik nuqtada joylaşgani nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqalararo munosabatlarni faollaştirişda muhim poydevor hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatlarimiz BMT, IHT va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Ayniqsa, xalqaro tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, mojarolarni diplomatik vositalar bilan hal etiş, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligini hurmat qiliş hamda xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya etiş masalalarida yondaşuvlarimiz uyğunligini taʼminlaş dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Şu bilan birga, taşqi siyosat idoralari örtasidagi muntazam muloqotni yanada faollaştiriş katta salohiyatga ega. Bu orqali tomonlar global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan pozitsiyalarini muvofiqlaştirişi, xalqaro maydonda bir-birining taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşi mumkin.
Istiqbolli yönalişlardan yana biri — Markaziy Osiyo davlatlari va Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi formatidagi muloqotni yanada kengaytirişdir. Uşbu strategik platforma mintaqalarimiz örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilmoqda. Ömonning mazkur jarayonlardagi faol iştiroki mintaqalararo hamkorlikni yanada mazmunli boyitadi.
Bundan taşqari, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, suv va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, barqaror taraqqiyot, energetika hamda transport-logistika sohalarida ham xalqaro tuzilmalar doirasida amaliy şeriklikni kengaytiriş uçun barça imkoniyatlar mavjud.
– Ömon sarmoyasini Özbekiston iqtisodiyotiga jalb etişda qaysi tarmoqlar yuqori salohiyatga ega? Xususan, sanoat, energetika, qişloq xöjaligi, infratuzilma va turizm yönalişlarida amalga oşirilayotgan qöşma loyihalar haqida töxtalsangiz.
– Özbekiston Ömon Sultonligi bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklikni kengaytirişga ustuvor ahamiyat qaratadi. Mamlakatlarimiz örtasidagi döstona aloqalar va özaro manfaatdorlik ömonlik investorlar uçun yurtimizda keng imkoniyatlar oçmoqda. Xususan, energetika, toğ-kon sanoati, transport-logistika, infratuzilma, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati va turizm eng istiqbolli yönalişlar sifatida belgilangan.
Bugungi kunga qadar investitsiyaviy hamkorlik doirasida muayyan amaliy natijalarga erişildi. Jumladan, Özbekiston–Ömon qöşma investitsiya kompaniyasi mablağlari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş, logistika markazlarini modernizatsiya qiliş va Toşkent şahrida zamonaviy mehmonxona infratuzilmasini rivojlantiriş loyihalari amalga oşirilmoqda. Bu ömonlik sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bölgan yuksak işonçini yaqqol namoyon etadi.
Hamkorligimizning yana bir yorqin misoli sifatida Ömonning «Atyab International Services» kompaniyasi faoliyatini körsatiş mumkin. Uşbu kompaniya tomonidan Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan ötkaziş, inspeksiya qiliş va sertifikatlaş markazining taşkil etilgani mahalliy mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlaş hamda eksport geografiyasini kengaytirişga xizmat qilmoqda. Eʼtiborli jihati, mazkur laboratoriya Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.
Transport-logistika sohasida ham Ömonning «Asyad» guruhi bilan şeriklik yangi bosqiçga kötarildi. Xususan, kompaniya tomonidan Özbekistondagi ikkita yirik logistika platformasining nazorat paketini sotib oliş böyiça bitimning yakunlangani mintaqamizning transport imkoniyatlarini Ömonning port va logistika infratuzilmasi bilan uzviy boğlaş, multimodal taşuvlarni rivojlantiriş hamda global bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini keskin kengaytirdi.
Şuningdek, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, çuqur qayta işlaş va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, energetika va sanoat tarmoqlarida investitsiya resurslarini birlaştiriş böyiça ham salmoqli rejalar bor. Turizm yönalişida esa mehmonxona majmualarini barpo etiş va turistik xizmatlarni rivojlantiriş muhim örin tutadi.
Biz investitsiyaviy hamkorlikka faqat moliyaviy mablağ jalb etiş vositasi sifatida qaramaymiz. Bu, eng avvalo, ilğor texnologiyalarni olib kiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, kadrlar salohiyatini oşiriş va mahsulotlarimizning taşqi bozorlardagi raqobatbardoşligini oşiriş imkoniyatidir.
– Özbekistonda işlab çiqarilayotgan töqimaçilik, oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va sanoat mahsulotlarining Ömon bozoriga kirib boriş imkoniyatlari qanday? Mahalliy bozor talablari va raqobat muhitidan kelib çiqib, özbekistonlik eksportçilarga qanday tavsiyalar bergan bölardingiz?
– Ömon bozori qulay geografik joylaşuvi, rivojlangan port va savdo infratuzilmasi, qolaversa, Fors körfazi mintaqasi hamda boşqa xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlari tufayli mahalliy işlab çiqaruvçilarimiz uçun katta qiziqiş uyğotadi. Şu bois, Ömonni nafaqat mahsulotlarimizni sotiş uçun istiqbolli bozor, balki mintaqaviy savdo aloqalarini kengaytirişdagi muhim tayanç nuqtasi sifatida ham köriş mumkin.
Bugungi kunda yurtimizda işlab çiqarilayotgan töqimaçilik, oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va sanoat mahsulotlarining Ömon bozoridan munosib örin egallaşi uçun keng imkoniyatlar mavjud. Xususan, sifatli tayyor töqimaçilik buyumlari, höl va quritilgan meva-sabzavotlar, dukkakli ekinlar, qayta işlangan oziq-ovqat hamda ayrim turdagi sanoat tovarlari istiqbolli eksport yönalişlari sanaladi. Mamlakatimizning agrar va qayta işlaş salohiyati, mahsulotlar assortimentining kengligi bu borada jiddiy ustunlik beradi.
Şu bilan birga, uşbu bozorga muvaffaqiyatli kirib boriş uçun mahalliy isteʼmolçilar didi, raqobat şaroitlari va importga qöyiladigan meʼyorlarni puxta örganiş zarur. Bu yerda mahsulot sifati bilan bir qatorda uning narxi, zamonaviy qadoqlanişi, yetkazib beriş muddatlari va taʼminot barqarorligi hal qiluvçi örin tutadi. Şu munosabat bilan, özbekistonlik eksportçilarga quyidagi amaliy tavsiyalarni bergan bölardim.
Birinçidan, bozor konʼyunkturasini çuqur tahlil qilgan holda aniq mahsulot segmentlariga yönaltirilgan eksport strategiyasini işlab çiqiş lozim. Har bir tovar böyiça mahalliy talab, raqobatçilar narx siyosati va savdo kanallarini örganiş eksport samaradorligini oşiradi.
Ikkinçidan, mahsulot sifati va xavfsizligini xalqaro hamda Ömonda amal qiladigan standartlarga töliq moslaştiriş şart. Ayniqsa, oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib berişda sanitariya-fitosanitariya hamda «Halol» sertifikatlaş talablariga qatʼiy rioya etiş zarur. Qadoqlaş, markirovka va mahsulot yorliqlarini mahalliy bozor andozalariga moslaştirişga alohida eʼtibor qaratiş kerak.
Uçinçidan, Ömonning mahalliy importçilari, distribyutorlari, ulgurji kompaniyalari va çakana savdo tarmoqlari bilan bevosita hamda uzoq muddatli aloqalarni örnatiş lozim. Xalqaro va mintaqaviy körgazmalar, biznes-forumlardagi faol iştirok milliy mahsulotlarimizning tanilişiga keng yöl oçadi.
Törtinçidan, logistika masalalariga jiddiy yondaşiş talab etiladi. Ayniqsa, tez buziladigan qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun uzluksiz sovuq zanjirni yölga qöyiş, yetkazib beriş muddatlarini qisqartiriş va barqaror transport yönalişlarini şakllantiriş raqobatbardoşlikning asosiy omillaridir.
Elçixona öz navbatida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida töğridan-töğri muloqotni yölga qöyiş, mahalliy distribyutorlar bilan uçraşuvlar taşkil etiş hamda özbek mahsulotlarining Ömon bozorida keng tarğib qilinişiga kömaklaşişga doim tayyor.
– Ömonning dengiz portlari va xalqaro transport yönalişlaridagi salohiyati Özbekiston uçun strategik ahamiyatga ega. Mamlakatimizning jahon okeaniga çiqiş yöllarini diversifikatsiya qilişda Ömonning logistika infratuzilmasidan foydalaniş istiqbollarini qanday baholaysiz?
– Bevosita dengizga çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan Özbekiston uçun xalqaro transport koridorlarini diversifikatsiya qiliş taşqi savdo geografiyasini kengaytiriş, eksport-import operatsiyalari barqarorligini taʼminlaş va logistika xarajatlarini maqbullaştirişning ustuvor yönalişlaridan biridir. Şu nuqtai nazardan, Ömon Sultonligining qulay geostrategik mavqei, zamonaviy dengiz portlari va rivojlangan transport-logistika tizimi yurtimiz uçun katta qiziqiş uyğotadi. Xususan, Sohar, Salala va Duqm portlari özining ixtisoslaşgan infratuzilmasi bilan Özbekiston yuklarini global bozorlarga yetkazişda samarali muqobil yönalişlarni taklif eta oladi.
Anʼanaviy ravişda Özbekistonning Yaqin Şarq bozorlariga çiqişida Turkmaniston va Eron hududlari orqali ötuvçi yölaklar, jumladan, Bandar-Abbos porti muhim örin tutib kelgan. Biroq sönggi yillardagi mintaqaviy va xalqaro vaziyat taşqi savdo logistikasining barqarorligini oşiriş hamda yangi muqobil yönalişlarni işga soliş zaruratini yanada yaqqol namoyon etmoqda.
Ömonning asosiy ustunligi şundaki, uning port infratuzilmasi, erkin iqtisodiy zonalari va xalqaro logistika markazlari nafaqat yuklarni qabul qiliş va jönatiş, balki ularni saqlaş, qayta taqsimlaş hamda uçinçi mamlakatlar bozorlariga yönaltiriş imkonini ham beradi. Ayniqsa, Sultonlikning Arab dengizi va Hind okeaniga töğridan-töğri çiqiş imkoniyatlari mamlakatimizning Janubiy Osiyo, Yaqin Şarq va Afrika mintaqalari bilan savdo aloqalarini kengaytirişda beqiyos örin tutadi.
Mazkur yönalişdagi hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Ömonning «Asyad» guruhi tomonidan 2026-yil iyun oyida respublikamizning «Universal Logistics Services» va «Highway Logistics Center» logistika platformalarida nazorat paketini qölga kiritiş böyiça bitim yakunlanganini alohida qayd etiş joiz. Uşbu kelişuv Ömon dengiz portlarini Özbekistonning içki transport tarmoği bilan uzviy boğlaş, temir yöl va avtomobil taşuvlarini dengiz logistikasi bilan integratsiya qiliş uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçdi. Biz uşbu şeriklikni nafaqat ikki davlat örtasidagi yuk aylanmasini oşiriş, balki butun Markaziy Osiyoni Fors körfazi va Hind okeani havzasi bilan tutaştiruvçi yirik mintaqaviy transport-logistika zanjirini şakllantiriş omili sifatida köramiz.
Işonçim komilki, Ömonning dengiz portlari va xalqaro logistika tarmoqlarini Özbekistonning transport-tranzit salohiyati bilan uyğunlaştiriş orqali mamlakatimiz taşqi savdo yöllarini kengaytiriş, eksportçilarimiz uçun yangi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini oşiriş va ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiş mumkin.
– Özbekistonning Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy şaharlari arab dunyosi sayyohlarida doimo yuqori qiziqiş uyğotib kelgan. Ömon fuqarolari orasida yurtimizga sayyohlik oqimini köpaytiriş, ziyorat va madaniy turizmni rivojlantiriş borasida qanday amaliy taşabbuslar ilgari surilmoqda?
– Boy tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosga ega diyorimiz Ömon va umuman, arab dunyosi sayyohlari uçun hamişa jozibador yönaliş bölib kelgan. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy şaharlarimiz nafaqat noyob meʼmoriy obidalari, balki islom sivilizatsiyasi, ilm-fan va maʼrifat rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk allomalar merosi bilan ham alohida qadrlanadi. Şu bois, biz Ömon fuqarolari orasida Özbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini keng tarğib qiliş, ayniqsa, madaniy-maʼrifiy, tarixiy va ziyorat turizmini rivojlantirişni gumanitar hamkorligimizning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida köramiz. Yurtimizning bebaho islomiy merosi, muqaddas qadamjolari, milliy qadriyatlari va şarqona mehmondöstligi ömonlik mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirişi şubhasiz.
Bu borada transport-logistika qulayliklarining yaratilayotgani hal qiluvçi örin tutmoqda. Xususan, joriy yil 3-iyul kuni «Oman Air» aviakompaniyasi tomonidan Masqat va Toşkent şaharlari örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlarning yölga qöyilişi ikki mamlakat örtasidagi turistik va işbilarmonlik almaşinuvlarini jadallaştiriş yölida muhim amaliy qadam böldi. Bundan taşqari, fuqarolarimiz uçun özaro vizasiz rejimning amal qilişi safarlarni taşkil etişni sezilarli darajada yengillaştirib, sayyohlar oqimini rağbatlantirmoqda.
Albatta, mavjud şaroitlardan tölaqonli foydalaniş uçun sohaviy hamkorlikni yanada kuçaytiriş zarur. Jumladan, ikki mamlakat turoperatorlari va sayyohlik kompaniyalari örtasida bevosita aloqalarni yölga qöyiş, qöşma taqdimotlar hamda xalqaro körgazmalarda faol iştirok etişga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Şuningdek, ömonlik sayyohlarning ehtiyoj va qiziqişlarini inobatga olgan holda, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toşkent şaharlarini qamrab olgan maxsus turistik dasturlar işlab çiqilmoqda. Ularda tarixiy va diniy qadamjolar ziyorati bilan bir qatorda, milliy taomlar, anʼanalar va hunarmandçilik namunalari bilan yaqindan tanişiş imkoniyatlari ham közda tutilgan.
Hozirda elçixonamiz tomonidan Özbekiston Turizm qömitasi bilan hamkorlikda yurtimizning sayyohlik salohiyatini Ömon jamoatçiligiga keng tanitişga qaratilgan qator tadbirlar — «Özbekistonga sayohat qil» roud-şoulari, Ömonning yetakçi blogerlari va turkompaniyalari vakillari uçun yurtimizga infoturlar muntazam taşkil etib kelinmoqda. Bu orqali nafaqat sayyohlikka bölgan qiziqişni oşiriş, balki xalqlarimiz örtasidagi özaro anglaşuv va madaniy yaqinlikni yanada mustahkamlaşni maqsad qilganmiz.
– Özbekiston va Ömon xalqlarini tarixiy, maʼnaviy va madaniy muştaraklik riştalari boğlab turadi. Umumiy qadriyatlarimizga tayangan holda madaniy diplomatiyani yanada faollaştiriş, sanʼat, adabiyot va ilmiy meros sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş uçun qanday imkoniyatlar mavjud?
– Ikki ölka xalqlari örtasidagi aloqalar asrlar mobaynida savdo-sotiq, ilm-fan va maʼrifat almaşinuvi orqali şakllangan bölib, bugungi şerikligimiz uçun mustahkam tarixiy poydevor bölib xizmat qilmoqda.
Bunday yaqinlikni namoyon etuvçi yaqqol misollardan biri — XV asrda yaşab ijod qilgan buyuk tarixçi, diplomat va olim Abdurazzoq Samarqandiyning ilmiy merosidir. Uning Hindistonga safari davomida Ömonga oid kuzatuvlari örin olgan «Matlai saʼdayn va majmai bahrayn» asari Markaziy Osiyo va Hind okeani havzasi örtasidagi aloqalarni örganişda muhim manba hisoblanadi. Umuman olganda, allomalarimiz merosi xalqlarimizning muştarak sivilizatsiyaviy qadriyatlarini anglaşda muhim örin tutadi.
Şerikligimizning yana bir yorqin ramzi sifatida Ömon Sultonligi kömagida poytaxtimizdagi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti huzurida zamonaviy kutubxona taşkil etilganini körsatiş mumkin. Bu maʼnaviy merosni asrab-avaylaş va gumanitar aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan muştarak intilişlarning amaliy ifodasidir.
Bugungi vazifamiz — ana şu boy tarixiy merosni zamonaviy mazmun bilan boyitiş va uni yoş avlod örtasida keng tarğib qilişdan iborat. Bu borada universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari, muzeylar va kutubxonalar örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma ilmiy anjumanlar, tarixiy körgazmalar, adabiy uçraşuvlar hamda madaniy festivallarni taşkil etiş uçun keng imkoniyatlar mavjud.
Xususan, Özbekiston madaniyati kunlarini Ömonda ötkaziş, milliy sanʼatimiz, musiqamiz va hunarmandçiligimizni keng namoyiş etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunga misol tariqasida Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati bilan hamkorlikda joriy yilning 4-noyabr kuni Masqat şahrida uşbu markazning taqdimoti, 12-13-noyabr kunlari Özbekiston Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda taşkil etilgan Özbekiston madaniyati kunlari va milliy hunarmandçilik mahsulotlari körgazmasini keltiriş mumkin. Bunday tadbirlar ömonlik döstlarimizga yurtimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi.
Şuningdek, yoşlar va taʼlim sohasi vakillari örtasidagi muloqotlarni rivojlantiriş muhim örin tutadi. Jumladan, 2025-yil aprel oyida Toşkent va Masqat şaharlari maktab öquvçilari örtasida taşkil etilgan almaşinuv dasturi yoşlarga bir-birining madaniyati va qadriyatlarini bevosita örganiş uçun mustahkam zamin yaratdi. Bundan taşqari, özbekistonlik arab tili öqituvçilarining Ömondagi Sulton Qobus nomidagi institutda kasbiy malaka oşiriş dasturlarida iştirok etayotgani özaro ilmiy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Raqamli texnologiyalar vositasida tarixiy qölyozmalarni raqamlaştiriş va keng jamoatçilikka yetkaziş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş ham istiqbolli yönalişlardan biridir.
– Diplomatik faoliyatingiz davomida Misr, Saudiya Arabistoni va Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonalarda xizmat qilgansiz. Boşqa mintaqalar tajribasidan kelib çiqib aytsangiz, Ömon diplomatiyasining öziga xos «yumşoq kuç» (soft power) uslubidan nimalarni örganiş mumkin?
– Köp yillik diplomatik faoliyatim turli mamlakatlar taşqi siyosatining öziga xos xususiyatlarini çuqur anglaş va qiyosiy tahlil qiliş imkonini berdi. Şu maʼnoda, Ömon diplomatiyasi özining bosiqligi, muvozanatliligi, izçilligi va konstruktiv muloqotga tayanişi bilan ajralib turadi. Sultonlik xalqaro maydonda turli davlatlar bilan özaro manfaatli aloqalarni saqlaş, qarama-qarşi kuçlar örtasida köprik vazifasini bajariş hamda har qanday nizoni tinç yöl bilan hal etişga kömaklaşiş tamoyiliga sodiq qolmoqda. Bu esa mamlakatning işonçli va masʼuliyatli hamkor sifatidagi obrösini mustahkamlab kelyapti.
Ömon diplomatiyasining boş xususiyati — milliy manfaatlar va suverenitetga qatʼiy rioya etgan holda, oçiqlik, vazminlik va özaro hurmatni ustuvor qöyişdir. Har bir tomonning pozitsiyasini tinglay biliş, uning manfaatlarini hisobga oliş va murosali yeçimlar izlaş uzoq muddatli işonçni şakllantirişning eng samarali yöli hisoblanadi.
Şu bilan birga, Ömonning «yumşoq kuç» salohiyati faqat siyosiy vositalar bilan çeklanib qolmaydi. Boy tarixiy meros, milliy anʼanalar, bağrikenglik muhiti, taʼlim va gumanitar hamkorlikka berilayotgan yuksak eʼtibor ham davlatning jahon arenasidagi nufuzini oşirmoqda.
Öylaymanki, bu boy tajriba Özbekiston uçun ham katta amaliy ahamiyatga ega. Yurtimiz ham ulkan tarixiy, madaniy va intellektual salohiyatga ega. Milliy qadriyatlarimizni jahon miqyosida keng tarğib qiliş, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni yanada kuçaytiriş orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltiriş mumkin. Ömon tajribasi diplomatiyada şoşma-şoşarlikka yöl qöymaslik, uzoq muddatli strategik maqsadlarni közlaş va har qanday murakkab şaroitda ham muloqot kanalini saqlab qoliş qançalik muhimligini yaqqol körsatadi.
– Xorijdagi vatandoşlarimiz bilan tizimli muloqotni taʼminlaş diplomatik vakolatxonalarning ustuvor vazifalaridan sanaladi. Ayni paytda Ömonda istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan Özbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga zarur konsullik-huquqiy yordam körsatiş borasida qanday çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda?
– Elçixonamiz vatandoşlarimiz bilan doimiy aloqani örnatiş, ularning murojaatlariga öz vaqtida yeçim topiş va malakali konsullik kömagini körsatişga doimo ustuvor eʼtibor qaratadi. Fuqarolarimiz bilan işlaş jarayonida, birinçi navbatda, ularning arizalarini belgilangan muddatlarda körib çiqiş, huquqiy maslahatlar beriş hamda yuzaga kelgan masalalarni vakolat doirasida hal etişga kömaklaşiş asosiy örin tutadi. Bunda Özbekiston va Ömon qonunçiligi, şuningdek, xalqaro huquq normalari talablariga qatʼiy amal qilinadi.
Ayniqsa, vatandoşlarimizni Ömonda böliş hamda mehnat qiliş qoidalari, mahalliy qonunçilik talablari, mehnat şartnomalarini rasmiylaştiriş tartiblaridan xabardor qilişga jiddiy yondaşamiz. Zero, qabul qiluvçi mamlakat huquqiy asoslarini yaxşi biliş va öz majburiyatlarini anglaş yurtdoşlarimizning manfaatlarini işonçli himoya qilişning garovidir.
Şu bilan birga, fuqarolarimizning huquqlariga daxldor masalalarni hal etişda Ömonning tegişli vazirlik va idoralari bilan yaqin hamkorlik örnatilgan. Zarurat tuğilganda, elçixona belgilangan tartib-taomillar doirasida yurtdoşlarimizga amaliy yordam körsatadi va mahalliy taşkilotlar bilan muloqot olib boradi.
Vatandoşlarimizni konsullik yangiliklaridan muntazam xabardor qilib boriş, ular bilan oçiq va yaqin muloqotni saqlab qoliş faoliyatimizning ajralmas qismidir. Asosiy maqsadimiz — yurtdoşlarimiz xorijda yurganda öz huquq va majburiyatlarini çuqur his etişlari, muhtoj paytda öz davlatining amaliy kömagi va ğamxörligini doimo his qilib turişlarini taʼminlaşdir. Binobarin, fuqarolar manfaatlarini himoya qiliş diplomatik xizmatning eng oliy va masʼuliyatli burçidir.
– Suhbatimiz yakunida kelgusi rejalarga töxtalsak. Yaqin yillarda Özbekiston va Ömon örtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladigan qanday muhim taşabbuslar va qöşma loyihalarni kutiş mumkin?
– Yaqin yillarda Özbekiston va Ömon örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş, siyosiy muloqotni faollaştiriş va barça ustuvor yönalişlarda amaliy şeriklikni kengaytirişni maqsad qilganmiz. Bugungi kunda mamlakatlarimiz örtasida qaror topgan özaro işonç bunday hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Eng avvalo, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni izçil davom ettiriş, taşqi siyosat mahkamalari örtasidagi muntazam maslahatlaşuvlarni yanada faollaştiriş hamda erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosini taʼminlaş ustuvor vazifalarimizdan bölib qoladi.
Iqtisodiy diplomatiya va investitsiyaviy hamkorlik faoliyatimizning asosiy yönalişi hisoblanadi. Ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida töğridan-töğri aloqalarni kuçaytiriş, biznes-forumlar, missiyalar va B2B uçraşuvlarni muntazam taşkil etiş, şuningdek, energetika, toğ-kon sanoati, transport-logistika, infratuzilma, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etişni rejalaştirganmiz.
Ayniqsa, transport va logistika sohasidagi şeriklikni yangi poğonaga kötariş uçun ulkan salohiyat mavjud. Ömonning «Asyad» guruhi bilan yölga qöyilgan aloqalar bu borada mustahkam tayanç bölib xizmat qilmoqda. Şuningdek, Sohar erkin iqtisodiy zonasida Özbekiston va Ömon iştirokida qöşma logistika kompaniyasini taşkil etiş taşabbusi istiqbolli loyihalardan biri sifatida körib çiqilmoqda. Mazkur taşabbusning röyobga çiqarilişi özbek tadbirkorlarining Fors körfazi hamda mintaqaviy va xalqaro savdo bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Turizm, madaniy-gumanitar, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi aloqalarni rivojlantiriş ham kelgusi rejalarimizda alohida örin tutadi. Jumladan, universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari örtasida bevosita hamkorlikni yölga qöyiş, talabalar va yoşlar almaşinuvi dasturlarini kengaytirişga jiddiy eʼtibor qaratamiz.
Asosiy maqsadimiz — asrlar davomida şakllangan döstlik va özaro hurmat anʼanalarini zamonaviy hamkorlikning aniq natijalari bilan boyitiş, bundan har ikki mamlakat xalqlari farovonligi va kelgusi avlodlar manfaati yölida samarali foydalanişdir.
Işonçim komilki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Ömon Sultonligiga davlat taşrifi köp qirrali şeriklikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş, siyosiy muloqotni mustahkamlaş va özaro manfaatli loyihalarni amalga oşirişda tarixiy voqea böladi. Eng muhimi, uşbu oliy darajadagi taşrif Özbekiston va Ömon xalqlarini boğlab turgan azaliy döstlik riştalarini yanada jipslaştirib, ikki davlat munosabatlarida özaro işonç, amaliy hamkorlik va yangi imkoniyatlarga asoslangan istiqbolli davrni boşlab beradi.
Ötkir ALIMOV,
ÖzA