09.02.2010 18:34Русский | English

InterBrand Media eXtreme Dots.uz

O`zbekiston Milliy axborot agentligi
 


SO'NGGI XABARLAR | O'ZA HAQIDA | XIZMATLAR | MUROJAAT UCHUN | REKLAMA | GOV.UZ

Xabarlar Obuna

Andijon shahridagi voqealar to`g`risida

14.05.2005 01:41

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Andijon shahrida ro`y bergan voqealar munosabati bilan 13 may kuni erta tongda Andijonga etib bordi.

Davlatimiz rahbari ahvolni atroflicha o`rganib, tegishli tashkilot va idoralarga sodir bo`lgan vaziyatni bartaraf etish yuzasidan aniq ko`rsatma va topshiriqlar berdi.

Shu kuni kechqurun Prezident Islom Karimov Toshkentga qaytib keldi.

* * *

Avval xabar berilganidek, 2005 yil 13 mayda, soat 00.30 va 01.00 oralig`ida bir guruh qurollangan jinoyatchilar post-patrul` xizmati navbatchi qismiga va Andijon shahrida joylashgan harbiy qismga hujum qildi. O`nlab o`qotar qurollarni qo`lga kiritgan bosqinchilar axloq tuzatish koloniyasi hududiga hujum uyushtirib, hibsxonalardan bir guruh mahbuslarni chiqarib yubordi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, to`qnashuv oqibatida 9 kishi halok bo`lgan va 34 kishi jarohat olgan.

Viloyat hokimligi binosida o`rnashib olgan jangarilar bilan hukumat vakillari o`rtasidagi muzokaralar kun bo`yi davom etdi. Muzokaralar jarayoniga jamoatchilik vakillari, jangarilarning qarindosh-urug`lari va manfaatdor shaxslar qo`shildi.

Ayollar, bolalar va garovga olinganlarni o`ziga pana qilib olgan jangarilar mojaroli vaziyatni kelishuv asosida hal qilishdan bosh tortdi.

Vujudga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun zarur choralar ko`rilmoqda.©

Print versiya

 
So`nggi xabarlar

• Hamkorlik rivojlanmoqda

• Shaxmatchilarimiz peshqadamlar safida

• Bu bayram barchamizniki

• Fermer va tadbirkorlar ko‘magi

• Ekofestival doirasida

Reklama

Экономическое обозрение



© O’zA. Rreference to UzA is a must when reproducing materials in any form.
Tel.: (+998 71) 133 8498, 133 1622. Fax: 133 2445.

Sarkor Telekom SNET