O‘zA O`zbek

12.07.2019 09:22 Chop etish versiyasi

Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan turli savdo munosabatlarini to‘xtatishi mumkin

Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan turli savdo munosabatlarini to‘xtatishi mumkin

Turkiya Kipr suv hududida gaz qidiruv ishlarini to‘xtatmasa, Yevropa Ittifoqi Anqara bilan turli savdo munosabatlarni va Turkiyani moliyalashtirish bilan bog‘liq harakatlarni to‘xtatadi. Reuters agentligi bu haqdagi rasmiy bayonotga tayanib xabar beradi.

Ma’lumot uchun, Kipr orollari ikki davlatga bo‘lingan. Ulardan biri Yevropa Ittifoqi a’zosi, ikkinchisi Shimoliy Kipr Turkiya Respublikasi deb atalib, faqat Anqara tomonidan rasman tan olingan bo‘lib, aholisining asosiy qismi kiprlik turklardan iborat.

O‘zA
469