Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.05.2018 12:44 Chop etish versiyasi

Yevrokomissiya qator davlatlarni sudga berdi

Yevrokomissiya qator davlatlarni sudga berdi Yevrokomissiya Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Vengriya va Ruminiyaga qarshisudga da’vo arizasi kiritdi. Mazkur davlatlar havoning ifloslanish darajasini belgilangan me’yordan oshirganlikda ayblanmoqda. Ayni vaqtda sud jarayoni boshlangan.

Bu haqda«Euronews” xabar beradi.

Qayd etilishicha, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Vengriya va Ruminiya davlatlari bundanbuyonhavoning ifloslanish darajasini kamaytirish choralarini ko‘rmasa, ularga katta miqdorda jarima belgilanadi. Hozircha Ispaniya, Slovakiya va Chexiya Yevrokomissiya kuzatuvida qoladi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan 2017 yilda Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya shaharlarihavosining tarkibidaazot oksidining miqdori belgilangan me’yordan 2-2,5 baravar oshib ketgan bo‘lgan. Bungaasosiy sababdizel yonilg‘isida harakatlanadigan avtomobillar bo‘lib, ular chiqarayotgan chiqindi gazlar havoni bulg‘ashda davom etmoqda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizda havonining ifloslanishidankelib chiquvchi kasalliklardan yiliga 7 millionga yaqininson vafot etmoqda. Ularning400 mingdan ziyodiyevropalikdir.

Malohat Husanova, O‘zA
1 709